Joriy yilning 1- mart kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur o'quv seminarida Statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.01.2024- yildagi “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-39-son qarori to‘g‘risida xodimlarga ma’lumotlar berib o‘tildi.
Mazkur qarorda 2024-yil 1-fevraldan boshlab reyting doirasida tadbirkorlik subyektlari
“AAA”, “AA” va “A” toifalar — yuqori barqarorlik reytingi;
“VVV”, “VV” va “V” toifalar — o‘rta barqarorlik reytingi;
“SSS”, “SS” va “S” toifalar — qoniqarli barqarorlik reytingi;
“D” toifa — quyi barqarorlik reytingi toifalarga ajratilishini va ushbu reyting Soliq qo‘mitasining “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasida avtomatik tarzda (onlayn) shakllantirilib, Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida e’lon qilib borilishi, yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi taklifiga asosan har yili 20-avgust — Tadbirkorlar kuni arafasida taqdirlash uchun davlat mukofotlari hamda “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoniga tavsiya etilishi belgilanganligini aytdi.
Bundan tashqari seminarda yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlari uchun quyidagi rag‘batlantirish choralari joriy etilishini va “AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatida soliq tekshiruvlari o‘tkazilmasligi, shuningdek, ushbu toifadagi tadbirkorlik subyektlariga qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) bir kun muddatda tekshiruvlarsiz amalga oshirilishi, 4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan “AA” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik subyektlariga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha kamida 15 foiz miqdoridagi dastlabki to‘lov bir yo‘la amalga oshirilganda qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizlar hisoblanmaydi hamda bo‘lib-bo‘lib to‘lash muddati 5 yilgacha uzaytirilishi, “A” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik subyektlariga soliqlar bo‘yicha (qo‘shilgan qiymat solig‘i bundan mustasno) mavjud ortiqcha to‘lov summasini qaytarish uch kun muddatda amalga oshirilishi, tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini o‘zaro hisobga olish tartibi tatbiq etilishini aytib o‘tildi.
Bundan tashqari, Qarorga ko‘ra 2024-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlariga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda joriy etilishi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.