2024- yilning yanvar-fevral oylarida Chortoq tumanining tashqi savdo aylanmasi 5,2 mln. AQSH dollarini tashkil etib, o'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 142,1 %ga yetgan. Savdo aylanmasida eksport hajmi 0,4 mln. AQSH dollarini, import hajmi esa 4,8 mln. AQSH dollarini tashkil etgan. Viloyat bo'yicha tashqi savdo aylanmasida Chortoq tumanining qo'shgan ulushi 2,5 %ga to'g'ri kelmoqda.