2024- yilning yanvar-may oylarida Namangan viloyatida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 512,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, o'sish sur'ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 163,2 %ga yetgan. Ta’lim sohasidagi xizmatlar umumiy hajmida Namangan shahrinig ulushi 76,3 % ga va Uychi tumanining ulushi 5,1 % ga to‘g‘ri kelmoqda. Ma’lumot o‘rnida, 2024- yilning o‘tgan davrida ta’lim sohasidagi xizmatlarning bozor xizmatlari umumiy hajmidagi ulushi 6,4 % ni tashkil etdi.