Axborotni muhofaza qilish davlat tizimi axborotni himoyalovchi texnikani qo’llaydigan idoralar va ijro etuvchilar hamda himoya obyektlari majmuini ifodalaydi. Bu tizim axborotni muhofaza qilish sohasidagi huquqiy,tashkiliy-boshqaruv va me’yoriy hujjatlarga muvofiq tashkil etiladi va faoliyat yuritadi. Shu bilan birga mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va davlat xavfsizligini axborot sohasidagi ishki va tashqi tahdidlardan himoyalashga yo’naltirilgan.
Axborotni muhofaza qilish axborotni ixtiyoriy ko’rinishda yo’qotishda (o’g’irlash, buzish, qalbakilash- tirish) ko’riladigan zararning oldini olishni ta’minlashi lozim. Axborotni muhofaza qilish choralari axborot xavfsizligiga oid amaldagi qonun va me’yoriy hujjatlar asosida va axborotdan foydalanuvchilarning manfaatlariga ko’ra tashkil etilishi zarur. Yuqori darajada axborotni mufofaza qilishni kafolatlash uchun muntazam ravishda murakkab ilmiy – texnik vazifalarni hal etish va himoya vositalarini takomillashtirish hamda targ'ibot tadbirlarini o'tkazishni talab etiladi.
Jumladan, joriy yilning 5- iyun kuni Namangan viloyati Statistika boshqarmasida “Axborot xavfsizligi siyosati” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari B. Xoliqov xar bir xodim boshqarma tomonidan tasdiqlangan axborot xavfsizligi siyosatiga, kompyuterdan foydalanish qoidalariga hamda internetdan foydalanish odobiga rioya etishi zarurligi haqida alohida takildlab o‘tdi.
Shuningdek, Dasturiy texnik ta’minot va ma’umotlarni saqlash markazi axborot xavfsizligi bo‘yicha yetakchi muhandisi Refat Sayfutdinov Axborot xavfsizligi siyosatiga tahdidlar, ularning turlari, xavfli darchalar, tahdid mezonlari, ichki va tashqi tahdidlar yuzasidan ma’lumotlar berdi.
Muloqot davomida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.