Joriy yilning 6- sentabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. Mazkur o'quv seminarida Statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 5- sentabrdagi “Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida ”gi PQ-311-son Qarori mazmun-mohiyati haqida tushuncha berildi.
Tadbirda davlat tibbiy sug‘urtasi doirasida bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatish va dori vositalarini taqdim etish Davlat budjetiga to‘lanayotgan soliqlar hisobidan amalga oshirilishi va bunda aholidan davlat tibbiy sug‘urtasi uchun qo‘shimcha to‘lov undirilmasligi Qaror bilan belgilanganligi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etilishini ta’kidlandi.
Bundan tashqari seminarda, 2025- yil 1- iyuldan boshlab jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i yoki ijtimoiy soliq to‘lovchilar, Soliq kodeksiga muvofiq mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun belgilangan miqdorlarda soliq to‘lagan shaxslar, voyaga yetmaganlar, ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalari, homilador ayollar va ikki yoshga to‘lmagan bolasini parvarishlayotgan shaxslar, mehnat organlarida ishsiz sifatida rasmiy ro‘yxatdan o‘tganlar, davlat pensiyasini oluvchilar hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalarning a’zolari, 2027- yil 1- yanvardan boshlab so‘nggi bir yil davomida kamida olti oy jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i yoki ijtimoiy soliq to‘laganlar, davlat tibbiy sug‘urtasi tizimida yuqori texnologik tibbiy yordam bepul amalga oshirilishini va mazkur bandda ko‘rsatilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni onlayn tarzda taqdim etish imkoniyatini yaratilishi, 2025- yildan boshlab tibbiyot muassasalarini tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash bilan bog‘liq zarur mablag‘lar Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda nazarda tutilishi, joriy yil yakuniga qadar bemorning barcha tibbiy ma’lumotlari asosida shakllantirilgan va tibbiyot muassasalarining o‘zaro uzviy hamkorligini ta’minlaydigan “Elektron poliklinika” va “Elektron shifoxona” axborot tizimlari amaliyotga joriy etilishi hamda 2025- yil 1- iyuldan boshlab tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lashning alohida tartibi hamda shartlari tatbiq etilishi haqida tushunchalar berildi.
Seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi.