Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek, Statistika agentligi tizimida xodimlar tomonidan mustaqil taʼlim olish orqali oʻz kasbiy kompetensiyasi va savodxonligini uzluksiz oshirib borishini tizimli yoʻlga qoʻyish maqsadida “Statistika taʼlim platformasi” (talim.stat.uz) korporativ axborot tizimi ishga tushirilgan edi.
Mazkur platformaning interfeysi va imkoniyatlarini xodimlarga tushuntirish maqsadida joriy yilning 21- noyabr kuni Namangan viloyatining hududiy statistika bo‘limlariga onlayn o'quv seminari tashkil etildi. Tadbirda Statistika boshqarmasining Raqamlashtirish va ma`lumotlarni saqlash markazi bo‘limi xodimlari tomonidan Statistika taʼlim platformasidan foydalanish bo‘yicha tushunchalar berildi.
Jumladan ushbu platforma oʻquv jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida tashkil etish va monitoring qilish orqali taʼlim sifatini oshirishi takidlandi.
Shuningdek, mazkur platformada joriy etilgan onlayn kurslar orqali xodimlarga masofadan onlayn tarzda taʼlim olishi, kasbiy koʻnikmalarini mustahkamlashi va statistika sohasida bilimlarini oshirishi yuzasidan mustaqil taʼlim olishlari uchun imkoniyat yaratilgani haqida ma'lumotlar berildi.