Joriy yilning 21- fervral kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur o'quv seminarida statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti Bohodir Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.02.2025-yildagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini ta’minlash uchun moliyaviy yordamlar ajratish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-64-son Qarorining mazmun-mohiyati haqida boshqarma xodimlarga ma’lumotlar berib o‘tildi.
Mazkur qaror bilan endilikda Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarga ular tomonidan tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi aniq loyihalar amalga oshirilishi uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 10 baravarigacha miqdordagi, o‘zini o‘zi band qilmoqchi bo‘lgan ishsiz fuqarolarni yoki kambag‘al oilalar a’zolarini kasanachi sifatida ishga olgan tadbirkorlik sub’ektlariga ularning aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun har bir jalb qilingan kasanachi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdordagi 3 yilgacha muddatga foizsiz ssudalar moddiy yordam sifatda ajratilishini, bunda tadbirkorlik sub’ekti kamida 10 nafar kasanachini ishga qabul qilishi hamda ajratiladigan ssudaning jami miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan oshmasligi talab etilishini, shu bilan birgalikda kambag‘al oila a’zolariga o‘z faoliyatini boshlashi uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni xarid qilishga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdordagi 6 oydan 3 yilgacha muddatga foizsiz ssudalar ajratilishi haqida tushunchalar berib o‘tildi.
Bundan tashqari kambag‘al oilalarga dehqonchilik va bog‘dorchilik tashkil qilish uchun dehqon xo‘jaliklariga suv quduqlarini burg‘ilash, nasos agregatlarini sotib olish, tomchilatib sug‘orish tizimini o‘rnatish va elektr tarmoqlarini tortish uchun 6 oylik imtiyozli davr bilan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarigacha miqdordagi 5 yilgacha muddatga foizsiz ssudalar, mahallalarning ixtisoslashuvi va drayver yo‘nalishlaridan kelib chiqib, o‘z tajribasini 10 tagacha kambag‘al oilalarga o‘rgatgan va ularga doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashgan tadbirkorlik sub’ektlariga har bir kambag‘al oila uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha miqdordagi grantlar ham moliyaviy rdam sifatida ajratilishini va bunda tadbirkorlik sub’ektlariga grantning 40 foizi avans shaklida, qolgan qismi biriktirilgan kambag‘al oilalar daromad manbaiga ega bo‘lib, tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganidan keyin ajratilishi seminar ishtirokchilariga tushuntirildi.
Yig‘ilish qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.