Joriy yilning 10- yanvar kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur o'quv seminarida statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti Bohodir Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 27.12.2024-yilda “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-1016-son Qonunining mazmun-mohiyati haqida boshqarma xodimlarga ma’lumotlar berib o‘tildi.
Mazkur qonunga binoan, ma’lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish tartibi ma’lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida maxfiylashtirilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatiga asosan amalga oshirilishi, davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar rahbarlari ma’lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish to‘g‘risidagi o‘z qarorlari uchun shaxsan javobgar bo‘lishi belgilanganligini, axborotning maxfiylik darajasi davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning boshqaruv, ishlab chiqarish, ilmiy va boshqa faoliyat turlari natijasida olingan (ishlab chiqilgan) ma’lumotlarning maxfiylik darajasidan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasida maxfiylashtirilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatiga asosan belgilanishi haqida tushunchalar berib o‘tildi.
Shuningdek, davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlar maxfiyligining quyidagi uchta darajasi va ushbu darajalarga muvofiq bo‘lgan mazkur ma’lumotlarni tashuvchilar uchun maxfiylik griflari belgilanganligini, jumladan, maxfiylikning birinchi darajasi — “Alohida ahamiyatli”, maxfiylikning ikkinchi darajasi — “Mutlaqo maxfiy”, maxfiylikning uchinchi darajasi — “Maxfiy” bo‘lishi, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarga “Alohida ahamiyatli” yoki “Mutlaqo maxfiy” maxfiylik griflaridan biri berilishi, xizmat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarga “Mutlaqo maxfiy” yoki “Maxfiy” maxfiylik griflaridan biri berilishi mumkinligi, davlat sirlari jumlasiga kiritilmagan ma’lumotlar uchun yuqorida ko‘rsatilgan maxfiylik griflaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi, “Alohida ahamiyatli”, “Mutlaqo maxfiy” va “Maxfiy” maxfiylik darajalariga ega bo‘lgan davlat sirlaridan foydalanish birinchi shakldagi davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma mavjud bo‘lganda amalga oshirilishi, “Mutlaqo maxfiy” va “Maxfiy” maxfiylik darajalariga ega bo‘lgan davlat sirlaridan foydalanish ikkinchi shakldagi davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma mavjud bo‘lganda amalga oshirilishi, davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarni maxfiylashtirish muddati davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan sir uchun — 30 yildan va xizmat siri uchun — 10 yildan oshmasligi kerakligi haqida tushunchalar berib o‘tildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi Qonuni haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi va seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.