15/09/2026

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentyabrdagi PF–190-son Farmoniga muvofiq, mamlakatimizda 15-oktyabrdan 30-noyabrga qadar biznesni ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.

Mazkur tadbirini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida hududlarda tayyorgarlik va o‘quv jarayonlari izchil davom ettirilmoqda. Jumladan Namangan viloyati statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun navbatdagi o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida biznesni ro‘yxatga olish tadbirining huquqiy asoslari, tashkiliy mexanizmlari va amaliy jarayonlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ro‘yxatga olishda ishtirok etuvchi subyektlar qamrovi, ma’lumotlarni shakllantirish va taqdim etish tartibi, respondentlar bilan ishlash jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar hamda ma’lumotlarning to‘g‘riligi va ishonchliligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Ayni paytda hududlarda olib borilayotgan o‘quv va targ‘ibot ishlari tadbirni belgilangan muddatlarda uyushqoqlik bilan tashkil etish, xodimlarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish hamda jarayon ishtirokchilariga zarur tushuntirishlarni yetkazishga qaratilgan.