17/09/2026

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF–190-son Farmoniga muvofiq, mamlakatimizda 15-oktabrdan 30-noyabrga qadar biznesni ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.

Mazkur tadbirni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida hududlarda tayyorgarlik va o‘quv jarayonlari izchil davom ettirilmoqda. Jumladan, Namangan viloyatining barcha hududlarida hokim yordamchilari uchun o‘quv-seminarlari o‘tkazilmoqda.

Ushbu seminarlar davomida ishtirokchilarga biznesni ro‘yxatga olish tadbirining mazmun-mohiyati, asosiy maqsad va vazifalari, ro‘yxatga olish jarayonini o‘tkazish tartibi hamda savolnomalarni to‘ldirish qoidalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilmoqda.

Shuningdek, ro‘yxatga olishda ishtirok etuvchi subyektlar qamrovi, ma’lumotlarni shakllantirish va taqdim etish tartibi, respondentlar bilan ishlash jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar hamda taqdim etiladigan ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jarayondan fotolavhalar: