29/06/2021

✅  2021- yil yanvar-may oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 2010,2 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 41,7 % ni tashkil etdi.

? Hududlar kesimida kichik biznesning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi Yangiqo`rg`on (jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 100,0 %), Chortoq (100,0 %), Kosonsoy (68,6 %) va Uychi (68,0 %) tumanlarida kuzatildi.

? Viloyat hududlari kesimida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida kichik biznes subyektlarining ulushi tahlili shuni ko‘rsatdiki, eng kichkina ulush Uchqo‘rg‘on (11,7 %), To‘raqo‘rg‘on (12,1 %), Mingbuloq (22,5 %) va Chust (32,3 %) tumanlarida sanoat ishlab chiqarish hajmlaridagi kichik biznes subyektlari ulushining kamligini, mazkur hudularda joylashgan yirik sanoat korxonalarining ishlab chiqarish hajmlari yuqori ekanligi bilan izohlash mumkin.

Matbuot xizmati