Oʼzbekiston hududida ilk bor aholini roʼyxatga olish tadbiri 1897- yilda amalga oshirilgan boʼlsa soʼngi marta esa 1989- yilda oʼtkazilib, oʼsha paytda respublikamiz aholisi soni 19,7 million kishini tashkil etgan.
Bundan koʼrinadiki 30 yildan ortiq vaqt mobaynida Oʼzbekiston Respublikasi hududida aholini roʼyxatga olish ishlari oʼtkazilmagan. Аholi soni esa uzoq yillardan buyon joriy hisob boʼyicha yuritilib kelinmoqda. Hozirda aholi toʼgʼrisidagi mavjud maʼlumotlar aholi soni, yashash sharoiti, maʼlumoti, bandligi, yosh-jins tarkibi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi va boshqa ijtimoiy-demografik oʼziga xosliklar toʼgʼrisida aniq xulosa va tahlillar qilishga yetarlicha imkon bermaydi.
Аholini roʼyxtag olish maʼlumotlarining odamlar haqiqiy hayot tarzini oʼrganish va ularga amaliy yordam koʼrsatishda muhim ahamiyatga ega.
Oʼzbekiston Respublikasining “Аholini roʼyxatga olish toʼgʼrisida”gi Qonuni loyihasi ishlab chiqilib, keng muhokama va huquqiy ekspertizalardan soʼng 2020 yil 16 mart kuni qabul qilindi.
Qonun 5 bob, 31 moddadan iborat boʼlib, unda qonunning maqsadi, asosiy tushunchalar, aholini roʼyxatga olishning vazifalari va printsiplari yoritib berilgan. Аsosiy printsiplardan biri sifatida davriylik printsipi, yaʼni aholini roʼyxatga olish har oʼn yilda kamida bir marta oʼtkazilishi hamda aholini roʼyxatga olishni oʼtkazish toʼgʼrisidagi qaror, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinishi belgilab qoʼyilgan.
Yana bir muhim printsiplardan biri, bu shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligi boʼlib, bunda aholini roʼyxatga olish jarayonida yigʼilgan shaxsga doir maʼlumotlar maxfiy hisoblanishi, ular respondentning roziligisiz oshkor etilmasligi va tarqatilmasligi qatʼiy belgilab qoʼyilgan.
Qonunda respondent tushunchasiga ham aniqlik kiritib ketilgan, yaʼni respondentlar – aholini roʼyxatga olish sanasida Oʼzbekiston Respublikasi hududida boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslar hisoblanadi. Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, lekin aholini roʼyxatga olish sanasida uning hududidan tashqarida boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari ham respondent hisoblanishi yoritib oʼtilgan.
Shuningdek, Qonunda, aholini roʼyxatga olishni tartibga solish sohasida davlat boshqaruvi, maxsus vakolatli davlat organi, roʼyxatga olishni oʼtkazishga koʼmaklashish boʼyicha Respublika komissiyasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari, aholini roʼyxatga olishda ishtirok etuvchi respondentlar va roʼyxatga oluvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari, aholini roʼyxatga olishni oʼtkazish tartibi, tadbirlarni moliyaviy taʼminlash asoslari belgilab berilgan.
Namangan shahar statistika bo‘imi