Har bir mamlakatning iqtisodiy hayotida muhim o‘rin tutuvchi savdo sohasi ishlab chiqarish va iste‘mol o‘rtasidagi aloqani ta‘minlaydi, shuningdek, tovarlarni ishlab chiqarish hajmi va tarkibiga, ularning turlarini yaxshilanishiga va sifatini oshishiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi.
? 2022- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida savdo xizmatlarining hajmi 952,6 mlrd. so‘mga yetdi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida savdo xizmatining ulushi 31,8 % ni tashkil etdi.
? Taqqoslash uchun: 2021- yilning yanvar-mart oylarida savdo xizmatlarining hajmi 788,1 mlrd. so‘mga yoki umumiy hajmning 32,2 % iga to‘g‘ri kelgan.
✅ Savdo bu – tovarlarning aylanishini, ularning ishlab chiqarish sohasidan iste‘mol sohasiga o‘tishini ta‘minlaydigan iqtisodiyot sohasidir. Ma‘lum bir davlat ichida savdo tovarlarini zarur iste‘molchiga yetkazib berish vazifasini bajaradi. U ulgurji va chakana savdoga bo‘linadi.
Axborot xizmati