Oʼzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʼmitasi aholini roʼyxatga olish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
✅ Maxsus vakolatli davlat organi: roʼyxatga olish hujjatlari shakllarini, roʼyxatga oluvchi xodimlar guvohnomasi shaklini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
✅ aholini roʼyxatga olish das-turini va roʼyxatga olish varagʼining shakllarini ishlab chiqadi;
✅ roʼyxatga olish varaqlari tayyorlanishini va hududlarga yetkazilishini taʼminlaydi;
✅ aholini roʼyxatga olishni oʼtkazish toʼgʼrisida aholini xabardor qilishga doir ish- larni muvofiqlashtiradi;
✅ roʼyxatga oluvchi xodimlarni tanlab olish va oʼqitish tartibini, shuningdek shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish tartibini belgilaydi va ularga ishlov berishni amalga oshiradi;
✅ roʼyxatga olish varaqlari va boshqa roʼyxatga olish hujjatlarining saqlanishi (shu jumladan vaqtincha saqlanishi), yoʼq qilinishi tartibini belgilaydi;
✅ roʼyxatga olish varaqlari va boshqa aholini roʼyxatga olish hujjatlarini saqlash va yoʼq qilishni taʼminlaydi.