19/05/2022

2022- yilning yanvar-mart oylarida chakana savdoning ulushi umumiy savdo xizmatlari hajmining beshdan to‘rt qismini, aniqrog‘i, 78,8 % ni tashkil etdi.

? 2022- yilning yanvar-mart oylarida savdo xizmatlari tarkibi, % da;

? Joriy davrda chakana savdo xizmatlari ulushi, umumiy savdo xizmatlari hajmining 78,8  % iga to‘g‘ri keladi.

? Ulgurji savdo xizmatlarining ulushi (avtomobillar va mototsikllar savdosidan tashqari) 15,1 % ga yetdi.

? Avtomobillar va mototsikllarning ulgurji va chakana savdosi bo‘yicha xizmatlar, jumladan, avtomobillar va mototsikllarni ta‘mirlash bo‘yicha xizmatlarni qo‘shgan holda, savdo xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 6,1 % ni tashkil etdi.

 Axborot xizmati