Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 1-31 avgust kunlari respublikamizning barcha hududularida aholi punktlarida turar joylar va binolar ro‘yxatini tuzish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ayni kunlarda Namangan viloyatining barcha shahar va tumanlarida 525 nafar registratorlar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan hududdagi barcha uy-joylar va aholi yashaydigan turar, noturar joylar ro‘yxatini tuzish, aholi soniga aniqlik kiritish, hamda xaritalarni o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 6- avgust kuni Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o'rinbosari B. Xoliqov, boshqarma boshlig‘ining o'rinbosari R. Jiyanov hamda "Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish" bo‘limi boshlig‘i N. Najmiddinov tomonidan "Uy-joy ro‘yxatini tuzuvchi registratorlar" faoliyati bo‘yicha joylarda o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
Hududlarda amalga oshirilayotgan ish jarayonlaridan fotolavhalar:
#Fotolavhalar Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o'rinbosari B. Xoliqov tomonidan Uychi tumanida "Uy-joy ro‘yxatini tuzuvchi registratorlar" faoliyati bo‘yicha o‘rganish jarayonlaridan
#Fotolavhalar Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o'rinbosari R. Jiyanov tomonidan Davlatobod tumanida "Uy-joy ro‘yxatini tuzuvchi registratorlar" faoliyati bo‘yicha o‘rganish jarayonlaridan
#Fotolavhalar Viloyat statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i N. Najmiddinov tomonidan Yangiqo‘rg‘on tumanida "Uy-joy ro‘yxatini tuzuvchi registratorlar" faoliyatini o‘rganish jarayonlaridan
Axborot xizmati