Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 1-31 avgust kunlari respublikamizning barcha hududularida aholi punktlarida turar joylar va binolar ro‘yxatini tuzish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ayni kunlarda Namangan viloyatining barcha shahar va tumanlarida 525 nafar registratorlar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan hududdagi barcha uy-joylar va aholi yashaydigan turar, noturar joylar ro‘yxatini tuzish, aholi soniga aniqlik kiritish, hamda xaritalarni o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 27- avgust kuni Viloyat statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan "Uy-joy ro‘yxatini tuzuvchi registratorlar" faoliyati bo‘yicha joylarda o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
Hududlarda "Uy-joy ro‘yxatini tuzuvchi registratorlar" faoliyatini o‘rganish jarayonlaridan fotolavhalar:
Axborot xizmati