Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 1-31 avgust kunlari respublikamizning barcha hududularida aholi punktlarida turar joylar va binolar ro‘yxatini tuzish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ayni kunlarda Namangan viloyatining barcha shahar va tumanlarida 525 nafar registratorlar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan hududdagi barcha uy-joylar va aholi yashaydigan turar, noturar joylar ro‘yxatini tuzish, aholi soniga aniqlik kiritish, hamda xaritalarni o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur tadbirlar natijasida mahallalardagi raqamsiz uylar, nomsiz ko‘chalar, xaritaga kiritilmagan turar joylar, buzilgan uylar, yangi qurilayotgan turar joylar va aholi yashashi mumkin bo‘lgan noturar joylar aniqlanadi va mahalla xaritalari yangilanadi. Bu esa aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy rejasini ishlab chiqishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Hududlarda "Uy-joy ro‘yxatini tuzuvchi registratorlar" faoliyatini o‘rganish jarayonlaridan fotolavhalar:
Axborot xizmati