08/09/2022

2022- yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 129 570 t. kartoshka (2021- yilning yanvar– iyuniga nisbatan 4,6 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi. Kartoshka ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, kartoshka ishlab chiqarish umumiy hajmidan 81,9 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.