12/09/2022

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 407,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 82,2 mlrd. so‘mga ko‘payishi kuzatildi. Umumiy xizmatlar hajmidagi ulushi esa 5,1 % ni tashkil etdi.  Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida eng katta ulushni telekommunikatsiya xizmatlari (simli va mobil aloqa xizmatlari, Internet tarmog‘i, yo‘ldoshli aloqa xizmatlari va boshqalar) egalladi. 2022- yil yanvar-iyul oylarida ularning ulushi 92,5 % ni tashkil etdi. Shuningdek, kompyuter dasturlashtirish xizmatlari – 3,5 %ni, noshirlik xizmatlari – 1,9 %ni hamda boshqa aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 2,1 %ni tashkil etgan.