Xizmatlar sohasini rivojlantirish ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatda olib borilayotgan bozor islohotlari jamiyatni rivojlantirishning eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini hal qilishda xizmat ko‘rsatish sohasining rolini oshirishga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Xizmatlarning xilma-xilligi aholining katta qismini hayot sifatini va farovonligini yaxshilash imkonini beradi. 2022- yilning yanvar-iyun oylarida tumanda jami 350,4 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 112,1 % ni tashkil etgan. Shuningdek, kichik tadbirkorlik subyektlarining jami ko‘rsatilgan xizmatlardagi ulushi 85,3 % ni tashkil etdi.
Namangan tuman statistika bo‘limi