11/01/2023

2022 yilning 1 dekabr holatiga Namangan viloyatida aloqa va axborotlashtirish sohasida 1206 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular tomonidan o‘tgan 11 oyda 667,3 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan. O‘sish surʼati 2021 yilning mos davriga nisbatan 125,8 %ni tashkil etgan. Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida eng katta ulushni telekommunikatsiya xizmatlari (simli va mobil aloqa xizmatlari, Internet tarmog‘i, yo‘ldoshli aloqa xizmatlari va boshqalar) egalladi. 2022 yil yanvar-noyabr oylarida ularning ulushi 92,5 % ni tashkil etdi.