09/03/2023

2022- yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 6 027,3 milliard so‘mni yoki qurilish ishlari umumiy hajmining 89,1 % ini tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2021- yil yanvar-dekabr oylariga nisbatan 104,7 % ni tashkil qildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p bajarilgan qurilish ishlari hajmi Namangan shahri (1 509,3 mlrd. so‘m), Uychi (711,3 mlrd. so‘m), Kosonsoy (523,8 mlrd. so‘m), Chortoq (507,3 mlrd. so‘m), Namangan (434,0 mlrd. so‘m), Chust (375,9 mlrd. so‘m) hamda Uchqo‘rg‘on (369,0 mlrd.so‘m) tumanlarida qayd etildi.