14/04/2023

Amir Temur 1336- yil 9- aprel kuni Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or (Yakkabog‘) qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay turk avlodining barloslaridan bo‘lib, Movarounnahrda o‘ziga yarasha obro’-e’tiborga ega, nufuzli ziyolilardan bo‘lgan. Uning ota-bobosi afsonaviy turkiy Alan quva shajarasidan kelib chiqqan bo‘lib, Chig‘atoy ulusining saroydagi obro’-e’tiborli kishilari qatoridan joy olgan. Kesh va Nefes atrofidagi yerlar ularga qarashli mulk hisoblangan.
XIII asr boshi XIV asr oxirlariga kelib Movaraunnahrning iqtisodiy ahvoli kundan-kunga yomonlashib boradi.
Amir Temuming asosiy vazifasi parchalangan davlatga bardosh berish va alohida yerlarni bir davlatga birlashtirishdan iborat bo‘lgan. Mazkur davlatning poytaxti etib u Samarqandni tayinlab, tezkorlik ila shahaming himoya devorlarini, qo‘rg‘onlar va saroylami barpo etishni boshlaydi.
Amir Temur Amudaryo va Sirdaryo orasidagi yerlarni, shuningdek, Farg‘ona va Shosh viloyatlarini o‘ziga bo‘ysundirib, birlashtiradi, so4ngra bosqinchilik yurishlarini boshlaydi.
Amir Temur hukmronligi 35 yil davom etgan (1370 - 1405). U Ind va Gangdan Sirdaryo va Zarafshongacha, Tyan Shandan Bosforgacha bo‘lgan katta saltanatni yaratgan. Hayotining katta qismini yurishlarda o‘tkazgan.
Amir Temur 1405- yil Xitoyga yurishi vaqtida O‘tror shahrida vafot etgan.
Amir Temuming hayotlik vaqtida davlat boshqaruvi haqida so‘zlovchi “Temur tuziklari” nomli maxsus asar yozilgan. Asar ikki qismdan iborat bo‘lib, O‘rta asming bebaho tarixiy manbasi hisoblanadi. Unda Temuming hayotiy voqealari bilan bog‘liq tarjimai xoli, atoqli davlat arbobi va sarkardaning harbiy san’atga bo‘lgan nuqtai nazari, davlat tuzilishi vaboshqaruvi kabilar bayon qilingan.
Amir Temur tomonidan yaratilgan markazlashgan, kuchli boshqaruvga ega davlat ushbu bebaho qoidalar majmuasi hisoblanmish kitob asosida yaratilgan. “Tuzuk” so‘zining lug‘aviy ma’nosi qonun-qoidalar to‘plami, nizom, degan ma’nolami anglatadi. Boshqacha aytganda, tuzuk — konstitutsiya ya’ni davlatning Asosiy qonuni. Shu ma’noda “Temur tuzuklari” Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega bo‘lib, Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari taqdiriga shariat qonunlari bilan bir qatorda kuchli ta’sir o‘tkazgan.
Atoqli rus olimi D.Logofet “Temur tuzuklari”ga Turkistonda Yevropadan 500
yillar oldin vujudga kelgan Konstitutsiyaviy kodeks, boshqacha aytganda, Amir Temur saltanatining Konstitutsiyasi, deb yuksak baho bergan. Binobarm, mustaqillikning dastlabki yillari Konstitutsiyamiz loyihasining muhokamasi davrida Asosiy qonunimizni “Tuzuklar” deb atash tavsiya etilgani ham bejiz emas.
Sohibqiron ilgarigi davrlardan farqli holda, jamiyatdagi barcha tabaqalarning haq-huquqlari va manfaatlarini inobatga olib, ularning hayoti uchun zarur ijtimoiy zaminni vujudga keltirgan. Har bir toifaning haq-huquklari, burch va majburiyatlari o‘ziga xos qonun bilan kafolatlab qo‘yilgan.
Amir Temuming ulkan xizmatlaridan yana biri davlat boshqaruvini tashkil qilish bilan bog‘liq. Hokimiyatning qonun chiqaruvchi va ijroiya tarmoqlariga boTinishiga asoslangan mazkur tizimni joriy etishda Amir Temur ko‘r-ko‘rona emas, balki o‘zi yashab turgan voqelikni nazarda tutgan holda ish yuritgan.
Amir Temur oliy davlat idorasi maqomida qurultoyni belgilagan. Bugungi tushunchadagi kongress, assambleya, majlis, syezd kabilarga to‘g ‘ri keladigan ushbu siyosiy institut boshqaruv mahkamasi va davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan eng asosiy masalalami hal etib, unda saltanatdagi barcha yirik siyosiy, iqtisodiy, harbiy va madaniy soha namoyondalari ishtirok etgan.
Davlatni mustahkamlash, jamiyatni rivojlantirish borasida ijro etuvchi tizim — vazirliklarning o‘mi muhim boTgan Amir Temur davrida siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, madaniy munosabatlami to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib, ulardan jamiyat manfaati yo‘lida foydalanish uchun qat’iy intizomga asoslangan, talabchan ijroiya mexanizmi zarur edi. Sohibqiron ana shunday tizimni yarata olgan.
O ‘z navbatida, “Temur tuzuklari” asari davlatni idora qilish usullari, qo‘shinni tashkil etish qoidalari, urushlarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan turli harbiy
uslublar singari qator siyosiy, huquqiy, harbiy va axloqiy g ‘oyalar va me’yorlarni o‘z ichiga olgan. “Temur tuzuklari”ning markazida inson, uning qadr-qimmatini joyiga qo^yish turadi. Shu ma’noda Sohibqironning huquqiy qarashlarida mamlakat ishlari tuzuki alohida ahamiyatga egadir.
Shunday qilib, 27 mamlakatdan tarkib topgan buyuk saltanat asoschisi Sohibqiron Amir Temur ibn Tarag‘ay yirik davlat arbobi, mohir diplomat, ulug" sarkarda, ilmu madaniyat homiysi, haq va adolatning jasoratli yalovbardori sifatida milliy davlatchilikda, huquq va siyosat sohasida o‘zidan unutilmas va barhayot
ta’limotlar, to‘ra-tuzuklar qoldirgan.
Amir Temurning huquqiy qarashlari va qonunchilik tizimi butun Temuriylar
saltanatida hayotning barcha jabhalarida o‘z aksini topib, ulkan amaliy ahamiyatga ega boTgan. Jumladan, Buyuk Ipak yoTi xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilganki, bu bilan savdo-tijorat rivojigakattahissaqo‘shgan Sharqu G ‘arb mamlakatlarini bir- biriga yanada yaqinlashtirgan.
Qonunga asoslangan tizimning ahamiyatini chuqur anglagan Amir Temur haqli ravishda “Kuch — adolatda” degan oliy me’yorni o‘ziga shior qilib olgan va hatto ushbu hikmatni uzuk-muhriga o‘yib yozdirgan. Bu haqda Ibn Arabshoh shunday guvohdik beradi: “Temur tamg‘asining naqshi “Rosti rasti” boTib, bu “haqgo‘y boTsang, najot topasan” demakdir”. Sohibqironning bu purhikmat so‘zlari bugun ham qudratli demokratik huquqiy davlat qurish uchun asosiy yoTlanma hisoblanadi.
Amir Temur asos solgan buyuk davlat o‘zining turli bosqichlarida — ham Turon, ham Xuroson, ham Eron, ham Hindistonda adolat me’yorlariga asoslangan tuzum sifatida olam ahlining diqqatini o‘ziga tortib, hanuz tarixiy ahamiyatini yo‘qotmagan. Bugungi kunda Sohibqironning sud va qonunchilikka munosabati ham alohida o‘mak vazifasini o‘taydi. Zero, bundan olti asr burun Movarounnahr sud tizimida o‘ziga xos tartib va qoidalar mavjud bo‘lgan.
O‘zbekiston istiqlolga erishgach, Amir Temur shaxsi yana Vatan va millat timsoliga aylandi. Amir Temur nomi, uning siymosi xalqimizni birlashtirish, jipslashtirish, iymon-oqibatli bo‘lish, qudratli kelajagimizni qurishda bizga yangi- yangi kuch-quvvat va shijoat bagTshlab turibdi. Zero, ma’naviyatimizning eng teran o‘q tomirlaridan biri — ulug‘ zot Amir Temur siymosidir. Sohibqiron siymosi insoniyat tarixida bizgacha boTgan, bizdan keyin ham boTadigan katta bir olamshumul voqelikdir.