So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar 9203,3 mlrd. so‘mni tashkil qilib, o'sish sur'ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 273,9 %ni tashkil etdi.

Joriy yilning 14- iyun kuni Namangan viloyati Statistika boshqarmasida "Statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturi" (StatDastur) bo‘yicha amaliy o‘quv seminari tashkil etildi. Unda Statistika boshqarmasi rahbariyati, xodimlari hamda shahar, tuman statisitika bo'limi mutaxassislari masofaviy tarzda ishtirok etdi.

2023- yilda Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan Oliy ta’lim tashkilotlarini 9,3 ming nafar talabalar tamomlagan. Shundan, 8,0 ming nafarini bakalavriat, 1,3 ming nafarini magistratura bitiruvchilari tashkil etgan. 

2024-yilning yanvar-aprel oylarida jami 32,5 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-may oylarida 80,8 mingta nikoh holatlari qayd etilgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyati bo‘yicha qurilish sohasida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi miqdori 4 726,4 ming so‘mga to‘g‘ri keldi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida viloyatimiz boʻyicha 125,8 mln. dona tuxum olingan.

2024- yilning yanvar-may oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar jami 1 944 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-may oylarida tirik tugʻilganlar soni 347,4 ming nafarni tashkil etdi.

2024- yilning 1- aprel holatiga Yangiqo‘rg‘on tumanining doimiy aholisi soni 238,1 ming kishini tashkil etib, yil boshidan 1,0 ming kishiga ko‘paydi.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Chortoq tumanida asosiy kapitalga 327,4 mlrd so‘mlik investitsiyalar kiritilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 396,4 % ni tashkil etdi. 

2024- yilning yanvar-aprel oylarida Uychi tumanining tashqi savdo aylanmasi 29,3 mln AQSH dollarini tashkil etib, o'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 106,9 %ga yetgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan 2024-yilning yanvar-may oylarida, Oʻzbekiston Respublikasida oʻrtacha 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan televizorlar soni 176 tani tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida Pop tumanida jami 134,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2023-yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 110,3 %ni tashkil etdi.