So'nggi yangiliklar

2021/2022- o‘quv yili boshiga Namangan viloyatida umumta’lim muassasalarida tahsil olayotgan jami o‘quvchilar 100 % deb hisoblansa, shundan 48,9 % ini qiz bolalar, 51,1 % ini o‘g‘il bolalar tashkil etmoqda.

2022- yil yanvar-aprel oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining hajmi 224,1 mlrd. so‘m darajasida belgilandi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan ushbu turdagi xizmatlarning o‘sish sur’ati 123,8 % ga yetdi.

2022- yil 1- aprel holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha mobil radiotelefon abonentlari soni 29 912,8 ming birlikni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan abonentlar soni 11 % ga koʻpaygan.

2022- yilning yanvar-mart oylarida respublikaning 3 ta hududida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, hududlardagi jami investitsiyalarning quyidagicha ulushlarini tashkil etdi:

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2022- yilning yanvar-may holatiga ko‘ra, jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar (uy xo‘jaliklari a’zolari) ulushi 71,0 %ni tashkil qildi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘yicha tashilgan (avtomobil va temir yo‘l transportlarida) tranzit yuklarning hajmi 1 741,9 ming tonnani tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan, “Siyosiy-ma'rifiy hamda huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha tashkil etib kelinayotgan malaka oshirish kurslarida Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham doimiy ravishda ishtirok etib kelishmoqda.

Ma'lumki O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi. Ushbu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad — Oʼzbekiston Respublikasida aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishlarini belgilash va uni amalga oshirish uchun zarur boʼlgan ishonchli va xolis axborotni olishdan iboratdir.

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida eng katta ulushni telekommunikatsiya xizmatlari (simli va mobil aloqa xizmatlari, Internet tarmog‘i, yo‘ldoshli aloqa xizmatlari va boshqalar) egalladi. 2022- yil yanvar-aprel oylarida ularning ulushi 94,0 % ni tashkil etdi.

Davlatimiz rahbari boshchiligida 2020- yil 1- iyun milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-may holatiga ko‘ra 16 yoshgacha bolalari mavjud bo‘lgan  uy xo‘jaliklari 75,3 %ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 1975,9 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining 66,0 % ini tashkil qildi.