So'nggi yangiliklar
01/06/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-mart oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan uyali aloqa telefondan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta bo‘lgan shaxslarning ulushi 97,0 % tashkil qildi.
31/05/2022 • So'nggi yangiliklar
Davlatimiz rahbari boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.
2022-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasi aholisining kutilayotgan oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi 73,8 yilni tashkil etdi, bu koʻrsatkich 2021-yil boshida 73,4 yoshni tashkil etgan.
2022- yil 1- may holatiga roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari soni 517 501 tani tashkil etib, hozirda ularning 484 935 tasi faoliyat koʻrsatmoqda.Faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlaridan 481 138 tasi kichik biznes subyektlari va 3 797 ta yirik korxonalar hisoblanadi.
Namangan viloyatida 2022-yilning yanvar-aprel oylarida metallurgiya sanoatida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 33,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, jami ishlab chiqariladigan sanoat hajmining 0,7 %ni tashkil etgan.
31/05/2022 • So'nggi yangiliklar
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning taqsimlanishi, yirik sanoat korxonalari joylashganligi hisobiga To‘raqo‘rg‘on tumani (4 281,4 ming so‘m), Namangan shahrida (2 455,0 ming so‘m), Uchqo‘rg‘on (1 817,0 ming so‘m) tumanlarida o‘rtacha viloyat darajasi ko‘rsatkichidan (1 559,9 ming so‘m) yuqoriligini ko‘rsatmoqda.
2022- yilning may oyida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlarning INI 1,0 % ni tashkil etdi.
2022-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasi aholisining oʻrtacha yoshi 29,1 yoshni tashkil etdi, bu koʻrsatkich 2021-yil boshida 29,0 yoshni tashkil etgan.
31/05/2022 • So'nggi yangiliklar
2022– yilning yanvar–aprel oylarida Namangan viloyati bo‘yicha aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1 mln. 559,9 ming. so‘mni tashkil etdi. 2021- yilning yilning yanvar– aprel oylarida 1 mln. 328,3ming so’mni tashkil etgan.
31/05/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, YAIM (YAQQ) tarkibida sanoatning ulushi 32,5 % ni tashkil etgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2018- yilning mos davriga nisbatan 3,7 % ga oshgan.
Respublikamizda 2022- yilning yanvar- aprel oylarida tashish va saqlash sohasidagi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 144,8 foizga oshgan bo‘lib, yillar kesimida quyidagicha qayd etilgan:
31/05/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yillar yanvar-mart oylarida o‘rtacha almashuv kursi bo‘yicha hisoblangan nominal YAIM hajmi 14,8 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan bo’lib, bu ko’rsatkich 2018- yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobarga oshgan.
31/05/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-aprel oylarida norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlarining 19,6 %i yangi qurilish rekonstruksiya, kengaytirish, texnik qayta qurollantirish bo‘yicha bajarildi.
30/05/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning 30- may kuni Davlat statistika qo‘mitasida kadrlar salohiyatini oshirish, tizimda ilg‘or va zamonaviy metadologiyalarni keng targ‘ib etish maqasadida navbatdagi onlayn o‘quv-seminari o‘tkazildi.