So'nggi yangiliklar

2022- yilning yanvar-fevral oylarida viloyat eksportida yuqori ulushga ega boʼlgan hamkor davlatlar:

Tarix qaʼridagi oltin varaqlar

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan, “Siyosiy-ma'rifiy hamda huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha tashkil etib kelinayotgan malaka oshirish kurslarida Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham doimiy ravishda ishtirok etib kelishmoqda.

Мoliyaviy xizmatlar hajmi - moliyaviy vositachilik hisobidan olingan foizli daromadlar hajmi (xizmatlar uchun belgilangan to‘lovlar miqdorida), shuningdek, moliya muassasasi tomonidan ssuda berish yoki depozitni saqlash bo‘yicha xizmatlari uchun to‘lanadigan haq hisobiga ko‘ra olinadi.

2022- yilning yanvar-fevral oylarida, Namangan viloyatida moliyaviy xizmatlar hajmi 382,7 mlrd. so‘mni - tashkil etdi. 

Joriy yilning yanvar-fevral oylari yakuni boʼyicha, Namangan viloyatida yirik korxonalar tomonidan 20,2 ming tonna un ishlab chiqarilgan.

Namangan viloyatida 2022- yilning yanvar-fevral oylarida jami ishlab chiqaradigan sanoat tarkibi, % da

2022- yilning yanvar-fevral oylari davomida ishlab chiqaradigan sanoatda 10,1 ming tonna paxta tolasi ishlab chiqarilgan.

2022- yil 31-mart kuni Milliy matbuot markazida “Davlat statistika ishlari dasturi doirasida 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar hisoboti” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.

2022- yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston 6 ta xorijiy davlatdan qiymati 5,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 228 ta elektromobil import qilgan.Elektromobil importi 2021-yilning mos davriga nisbatan 150 taga oshgan.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar–fevral oylarida 8 davlatga qiymati 8,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 12,5 ming tonna pomidor eksport qilgan.Pomidor eksporti hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,1 ming tonnaga kamaygan.

Ma'lumki O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi. Ushbu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad — Oʼzbekiston Respublikasida aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishlarini belgilash va uni amalga oshirish uchun zarur boʼlgan ishonchli va xolis axborotni olishdan iboratdir.

Joriy yilnning 31- mart kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi majlislar zalida 2021- yilda statistika sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati, bo'lim boshliqlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-fevral oylarida 13 ta xorijiy davlatga qiymati 45,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 44,1 ming tonna polietilen eksport qilgan. 

2022- yilning fevral oyida karam narxlari yanvar oyiga nisbatan yaʼni, bir oyda oʻrtacha 3 % ga oshgan.