So'nggi yangiliklar

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida asosiy kapitalga 9 trln. 203,3 mlrd. so‘mlik investitsiyalar yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 273,9 %ni tashkil etgan.

 Joriy yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyati jami 55 ta davlatdan 185,9 mln.AQSH.dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar importini amalga oshirgan.