Rahbariyat
Namangan viloyat statistika boshqarmasi boshlig'ining funksional vazifalari
- Boshqarma, shahar va tuman statistika bo’limlari faoliyatiga umumiy rahbarlik;
-boshqarma xodimlariga nisbatan malaka talablarini bеlgilaydi va ularning mеhnatini rag‘batlantirish tizimini shakllantiradi, yuqori malaka uchun ustamalar bеlgilaydi;
-boshqarma, tuman va shahar statistika bo’limlariga Davlat statistika qo’mitasi bilan kеlishilgan xolda bеlgilangan tartibda xodimlarni lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
-boshqarma, tuman va shahar statistika bo’limlari tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan buyruqlar chiqaradi va ko’rsatmalar bеradi;
-boshqarmaning moliyaviy mablag’larini qonuniy asoslarga ko’ra tasarruf etadi;
-boshqarma xodimlari uchun mеhnatga haq to’lash yagona tarif sеtkasi bo’yicha bеlgilangan lavozim okladlari sxеmasiga muvofiq shtat jadvalini tasdiqlaydi, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ustama va qo‘shimcha ish xaqi tulash tartibini, moddiy rag’batlantirish va taqdirlashning boshqa shakllarini bеlgilaydi;
-dasturlar bo‘yicha bajariladigan statistika ishlari hajmlariga muvofiq moliyaviy va moddiy tеxnik rеsurslarini taqsimlaydi;
-maxsus jamg'arma mablag’larini Davlat statistika qo’mitasi bilan kеlishilgan holda tasarruf etadi;
-bеlgilangan vazifalarning sifatli va o’z vaqtida bajarilishi choralarini ko’radi;
-Boshqarma boshlig‘i: Kadrlar bo‘limi, Buxgaltеriya hisobi va moliyaviy ishlar bo‘limi, Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limi, Umumiy bo‘lim, Maxsus qism, Dasturiy-tеxnik ta'minot va ma'lumotlarni saqlash markazi va yurist hamda Namangan shahar, Mingbuloq, Namangan tuman, Yangiqo‘rg‘on bo'limlari faoliyatini nazorat qiladi.
Namangan viloyat statistika boshqarmasi boshlig'i
1980- yil 10- yanvarda Namangan viloyati Yangiqo'rg'on tumanida tug’ilgan. Millati o‘zbek. Ma'lumoti oliy. 2001- yil Namangan muhandislik pedagogika institutining “Agromuhandis” mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan.
2002-2003 yillar Harbiy xizmatda bo'lgan. O’z ish faoliyatini 2005 yil Namangan viloyat Statistika boshqarmasida 1-toifali mutaxassis lavozimida boshlagan. 2006 yil Viloyat Statistika boshqarmasining Investitsiyalar va qurilish bo’limi yetakchi mutaxassisligi lavozimiga tayinlangan.
2007- yil Viloyat Statistika boshqarmasining Investitsiyalar va qurilish bo’limi boshlig’i o’rinbosari lavozimiga tayinlangan va shu yili iyun oyidan boshlab Viloyat Statistika boshqarmasining Investitsiyalar va qurilish bo’limi boshlig’i lavozimiga tayinlangan.
2009- yil Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari vazifasini bajaruvchisi, 2009-2010 yillarda Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari, 2010-2011 yillarda Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig’i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi. 2011-2016 yillarda Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari lavozimida ishlagan.
Viloyat statistika boshqarmasi boshlig'i o`rinbosarining tarjimai holi
1981-yil 22 dekabrda Namangan viloyati Uychi tumanida tug’ilgan. Millati o‘zbek. Mutaxassisligi bo‘yicha Namangan muhandislik-pedagogika institutini “Kasb ta'limi muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.
2006-2013 yillarda Namangan viloyati statistika boshqarmasi Statistika faoliyatini tashkil etish va yig'ma ishlar bo'limi 1-toifali mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, bo'lim boshlig'ining o'rinbosari va bo'limi boshlig'i lavozimlarida ishlagan.
2013-2016 yillarda Namangan viloyati Namangan shahar statistika bo'limi boshlig'i lavozimida ishlagan.
2016-yil 4 apreldan 2016-yil 1- dekabrgacha Namangan viloyati hokimligining hududlarni kompleks rivojlantirish yig'ma boshqarmasining Transport, muhandislik kommunikatsiya va kommunal sohani rivojlantirish bo'limi boshlig'i lavozimida ishlagan.
2016-yil dekabr oyida Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig'ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Viloyat statistika boshqarmasi boshlig'i o`rinbosarining tarjimai holi
1984- yil 31- mayda Namangan viloyati Chust tumanida tug’ilgan. Millati o‘zbek. Ma'lumoti oliy. O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi a’zosi. 2007 y. Namangan muhandislik pedagogika instituti (bakalavriat, kunduzgi) 2009 y. Namangan muhandislik pedagogika instituti (magistrant, kunduzgi), h.v.Namangan muhandislik texnologiya instituti(Iqtisod talabasi, sirtqi)
2003-2007 yillarda - Namangan muhandislik pedagogika instituti talabasi
2008-2009 yillarda - Namangan viloyati statistika boshqarmasi Xo‘jalik subyektlari moliya statistikasi bo‘limi 1-toifali mutaxassisi
2009-2010 yillarda - Namangan viloyati statistika boshqarmasi Kommunikatsiyalar va xizmatlar statistikasi bo‘limi 1-toifali mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi
2010-2013 yillarda - Namangan viloyati statistika boshqarmasi Xizmat sohasi, savdo va kommunikatsiya statistikasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi, bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari
2013-2013 yilda - Namangan viloyati statistika boshqarmasi Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi
2013-2014 yillarda - Namangan viloyati statistika boshqarmasi Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari
2014-2016 yillarda - Namangan viloyati statistika boshqarmasi Tadbirkorlik va bank-moliya xizmatlari statistikasi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari
2016-2017 yillarda -Namangan viloyati statistika boshqarmasi Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi boshlig‘i
2017-2018 yillarda - Namangan viloyati statistika boshqarmasi Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish, tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi boshlig‘i
2018 - 2022 yillarda - Namangan viloyati statistika boshqarmasi Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo‘limi boshlig‘i
2022- y.-h.v. - Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari
Viloyat statistika boshqarmasi boshlig'i o`rinbosari funksional vazifalari
-Boshqarma boshlig’i yo’qligi vaqtida boshqarma faoliyatiga vaqtincha rahbarlik qiladi;
-boshqarmaning barcha tarmoq, shahar va tuman statistika bo’limlari tomonidan dasturlar bo’yicha bajariladigan statistika ishlari hajmlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
-viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Davlat dasturlarining bajarilishi ustidan Davlat statistika kuzatuvlarini tashkil etadi;
-viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli to’g’risidagi statistik ma'lumotlarini tayyorlash, ularni chop etish va bеlgilangan davlat organlariga yuborilishini nazorat qiladi;
-boshqarmada tashkil etilgan Komissiya yiqilishida davlat statistika ishlari dasturining sifatli va o’z vaqtida bajarilishi, hisobot ko’rsatgichlarini tеzkorligi, haqqoniyligi va xolisligini ta'minlash masalalari, Davlat statistika organlari faoliyatiga doir boshqa masalalarni ko’rib chiqishi uchun tayyorlaydi;
-boshqarmaning barcha tarmoq va hududiy statistika bo’limlari xalq xo’jaligidan qo’shimcha mablag’ topishini (konsalting xizmatlari) nazoratini yuritadi
-biriktirilgan boshqarmaning tarmoq va shahar, tuman statistika bo’limlari faoliyatini doimiy nazoratini yuritadi, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi, mavjud vakant lavozimlarga xodimlarni tayyorlash va tayinlash bo’yicha boshqarma boshlig’iga takliflar kiritadi;
-biriktirilgan barcha bo’limlar faoliyatini hamda ulardagi statistik ma'lumotlarning ishonchliligi, xolisligi, to‘liqliligi, dolzarbligini nazorat qiladi va ta'minlaydi
-biriktirilgan tarmoq ma'lumotlarini qonuniyligini o’rganib, tеgishli sohalar dasturlari va boshqa ma'lumotlarni tayyorlashda, muhokama yiqilishlarida ishtirok etish va imzolash vakolatlaridan foydalanadi va imzolagan ma'lumotlarning javobgarligini o’z zimmasiga oladi;
-biriktirilgan shahar, tuman statistika bo’limlari moliya-xo’jalik faoliyatlarini nazorat qiladi va ularning qonuniyligini ta'minlash choralarini ko’radi;
-boshqarmada ko’rilayotgan ma'muriy jarimalarni imzolaydi hamda ularning qonuniyligini va bеlgilangan tartib asosida ijro etilishini ta'minlaydi;
Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari:- Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot ishlar bo‘limi, Sanoat statistikasi bo‘limi, Invеstitsiyalar va qurilish statistikasi bo‘limi, Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi, Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo‘limi, Statistik registrlarni yuritish bo‘limi, Narx statistikasi bo‘limi Norin, Uychi, Uchqo‘rg‘on, Chortoq tumani statistika bo‘limlari faoliyatini nazorat qiladi.
Viloyat statistika boshqarmasi boshlig'i o`rinbosari funksional vazifalari
-Boshqarma boshlig’ining birinchi o’rinbosari yo’qligi vaqtida uning vazifasini vaqtincha bajaradi;
-har yili tasdiqlanadigan Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha bo’yicha statistika kuzatuvlarini o’tkazilishi, statistik ma’lumotlarning to’liqligi, haqqoniyligi va o’z vaqtida taqdim etilishini muvofiqlashtirish;
-viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Davlat dasturlarinig bajarilishi ustidan Davlat statistika kuzatuvlarini tashkil etadi;
- Namangan viloyatining ijtimoiy, demografik, mehnat bozori, aholi turmush darajasi, ta’lim, sog’liqni saqlash va xizmatlar sohasini rivojlantirish masalalari bo’yicha statistik axborotlarni shakllantirilishini tashkil etish;
-davlat boshqaruvi organlariga ijtimoiy sohani rivojlantirish maqsadli dasturlarini amalga oshirilishi monitoringi uchun statistik axborotlarni tayyorlash va taqdim etish ishlarini muvofiqlashtirish.
-boshqarmada tashkil etilgan Komissiya yiqilishida davlat statistika ishlari dasturining sifatli va o’z vaktida bajarilishi, hisobot ko’rsatgichlarini tеzkorligi, xaqqoniyligi va xolisligini ta'minlash masalalari, Davlat statistika organlari faoliyatiga doir boshqa masalalarni ko’rib chiqishi uchun tayyorlaydi;
-biriktirilgan boshqarmaning tarmoq va shahar, tuman statistika bo’limlari faoliyatini doimiy nazoratini yuritadi, ularning faoliyatini muvofiklashtiradi, mavjud vakant lavozimlarga xodimlarni tayyorlash va tayinlash bo’yicha boshqarma boshlig’iga takliflar kiritadi;
-biriktirilgan barcha bo’limlar faoliyatini xamda ulardagi statistik ma'lumotlarning ishonchliligi, xolisligi, to’liqliligi, dolzarbligini nazorat qiladi va ta'minlaydi
-biriktirilgan tarmoq ma'lumotlarini qonuniyligini o’rganib, tеgishli soxalar dasturlari va boshqa ma'lumotlarni tayyorlashda, muxokama yiqilishlarida ishtirok etish va imzolash vakolatlaridan foydalanadi va imzolagan ma'lumotlarning javobgarligini o’z zimmasiga oladi;
-biriktirilgan shahar, tuman statistika bo’limlari moliya-xo’jalik faoliyatlarini nazorat qiladi va ularning qonuniyligini ta'minlash choralarini ko’radi;
-boshqarmada ko’rilayotgan ma'muriy jarimalarni imzolaydi hamda ularning qonuniyligini va bеlgilangan tartib asosida ijro etilishini ta'minlaydi;
Boshqarma boshlig'ining o'rinbosari:- Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari bo’limi, Ijtimoiy soha statistikasi bo’limi, Demografiya va mehnat statistikasi bo’limi, Xizmatlar sohasi statistikasi bo’limi hamda Kosonsoy, To’raqo’rg’on, Pop, Chust tumani statistika bo’limlari faoliyatini nazorat qiladi.
O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Rаisining ijtimoiy statistika bo’yicha o’rinbosari
Tarjimai hol
1970- yil 10- oktyabrda Buxoro viloyati, Qorako`l tumanida tug`ilgan. Mutaxassisligi bo`yicha huquqshunos. 2000- yilda O`zbekiston Milliy universitetini, 2005- yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan. Yuridik fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD). 1986-1988- yillarda “Oktyabr” jamoa xo`jaligida ishlagan. 1988-1990- yillarda harbiy xizmatda bo`lgan. 1990-1991- yillarda Buxoro viloyati Qorako`l tuman sudida ishlagan. 1991-1993- yillarda Toshkent yuridik texnikumi talabasi bo`lgan. 1993- yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huquqshunosi bo`lib ishlagan. 1994-2005- yillarda Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani Ijtimoiy ta`minot bo`limida 2-toifali mutaxassis, 1- toifali mutaxassis, bo`lim boshlig`ining 1- o`rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2004-2005- yillarda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi bo`lgan. 2005-2006- yillarda Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani Ijtimoiy ta`minot bo`limi boshlig`i lavozimida ishlagan. 2006-2007- yillarda O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Pensiya ta`minotini tashkil etish boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlagan. 2007-2008- yillarda O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Pensiya ta`minoti boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlagan. 2008-2010- yillarda Buxoro viloyati Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlagan. 2010-2011- yillarda O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasining Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlagan. 2011-2017- yillarda O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi ijro etuvchi direktorining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlagan. 2017- yilning avgust oyida O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi raisining ijtimoiy statistika bo`yicha o`rinbosari etib tayinlangan. Hozirda O`zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi “Pensiya va sug`urta ishi” kafedrasida pedagogik faoliyatini olib bormoqda. 50 dan ortiq ilmiy maqolalar va ilmiy-uslubiy ishlar muallifi, jumladan 1 ta o`quv qo`llanma, 3 ta monografiya, 8 ta o`quv-uslubiy ishlari chop etilgan. Uylangan, ikki o`g`il va bir qizi bor.
Funksional vazifalari
Davlat statistika sohasiga oid qonunlar, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va Hukumat qarorlarining ijrosini ijtimoiy statistika yo`nalishida o`z vaqtida ta`minlash choralarini ko`rish;
- Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha bo`yicha statistika kuzatuvlarini o`tkazilishi, statistik ma`lumotlarning to`liqligi, haqqoniyligi va o`z vaqtida taqdim etilishini muvofiqlashtirish;
- O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy, demografik, mehnat bozori, aholi turmush darajasi, ta`lim, sog`liqni saqlash va xizmatlar sohasini rivojlantirish masalalari bo`yicha statistik axborotlarni shakllantirilishini tashkil etish;
- davlat boshqaruvi organlariga ijtimoiy sohani rivojlantirish maqsadli dasturlarini amalga oshirilishi monitoringi uchun statistik axborotlarni tayyorlash va taqdim etish ishlarini muvofiqlashtirish;
- ijtimoiy statistika ma`lumotlarini yig`ish va qayta ishlashning zamonaviy metodologiyasi va metodikalarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish;
- ijtimoiy soha va xizmatlar statistikasiga oid davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, joriy etish va statistika kuzatuvlarini o`tkazish usullari bo`yicha takliflar tayyorlash ishlarini tashkil etish;
- davlat statistikasi sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirishda ishtirok etish;
- ijtimoiy va xizmatlar sohasida xalqaro tashkilotlar tomonidan mamlakatlar reyting baholarini tuzish uchun foydalaniladigan axborot manbalarini o`rganishni muvofiqlashtirish, ular asosida shakllantiriladigan va tarqatiladigan statistik ko`rsatkichlar tarkibini yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqishni tashkil etish;
- ijtimoiy statistika sohasidagi ilg`or xorijiy tajribani o`rganish, umumlashtirish va tarqatish ishlarini muvofiqlashtirish hamda xalqaro tavsiyalar asosida ko`rsatkichlarni hisoblash metodikalarini doimiy ravishda takomillashtirib borish ishlarini tashkil etish;
- ijtimoiy statistika, hisobot ko`rsatkichlari va o`tkazilgan tanlanma kuzatuvlar natijalarini tezkorligi, ishonchliligi va xolisligini, statistika axborotlaridan foydalanishning qulayligi va oshkoraligini kengaytirish bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirilishi muvofiqlashtirish;
- mutasaddilik qilinadigan bo`linmalarga bevosita rahbarlik qilish.
O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Rаisining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi masalalari bo`yicha o`rinbosari
Tarjimai hol
1985– yil 28– mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Telekommunikatsiya texnologiyalari mutaxassisi, iqtisodchi. 2007– yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini, 2010– yil Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universitetini, 2018– yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. - 2007- yildan 2008- yilgacha Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi aloqa va axborot kommunikatsiya texnologiyalari, tizimlari va xizmatlari ilmiy tadqiqot bo‘limi muhandisi, 2-toifali muhandis; - 2008- yildan 2010- yilgacha Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universitetini tamomlagan; - 2010- yildan 2011- yilgacha «O‘zbektelekom» AK simli tarmoqlarni rivojlantirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi; - 2011- yildan 2012- yilgacha «O‘zbektelekom» AK biznes va investitsiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish departamenti yetakchi mutaxassisi, «O‘zbektelekom» AK telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va investitsiyalar departamenti direktor o‘rinbosari; -2012- yildan 2015- yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi telekommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlari bo‘limi boshlig‘i; - 2015- yildan 2016- yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi telekommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlari bo‘limi boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi telekommunikatsiya boshqarmasi boshlig‘i; - 2016- yildan 2018- yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi iqtisodiyot menejmenti yo‘nalishi tinglovchisi; - 2017- yildan 2019- yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidagi Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini ta'minlash masalalari ATD Telekommunikatsiya infratuzilmasi, pochta xizmatlari va arxiv ishini rivojlantirish masalalari sho‘basi mudiri; - 2019- yilning may oyigacha IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta'minlash masalalari kotibiyati mudiri o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan. 2019- yilning may oyidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Oilali, uch nafar farzandi bor.
Funksional vazifalari
- Davlat statistika tizimida axborot resurslarini yaratish va axborotlashtirish sohasida davlat siyosatining amalga oshirilishini ta`minlash;
- mehnat unumdorligini oshirish, statistika axborotlarini tezkor uzatish va qayta ishlash, davlat statistikasi yagona axborot tizimini respublikaning boshqa axborot tizimlari bilan mutanosibligi va o`zaro hamkorligini ta`minlashga yo`naltirilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida Davlat statistika qo`mitasining yagona texnologik siyosatining amalga oshirilishini ta`minlash;
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish uchun me`yoriy-huquqiy va tashkiliy mexanizmlarni yaratish bo`yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
- Davlat statistika qo`mitasining hisoblash tizimida yaxlit va xavfsiz axborot muhitini ta`minlash ishlarini tashkil etish;
- axborotlashtirish sohasida davlat dasturlari va loyihalarining ekspertizasini o`tkazish va amalga oshirish, tarmoqlararo axborot almashish standartlari va mexanizmlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
- davlat statistika tizimida yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yo`nalishlari va kompleks chora-tadbirlarini belgilash;
- korxona va tashkilotlarning yagona davlat registrini samarali faoliyat yuritishi, uni rivojlantirish va milliy axborot tizimiga integratsiyalash bo`yicha ishlarini tashkil etish;
- statistika organlarining axborot tizimlari va resurslarini ishlab chiqish hamda joriy qilishda, idoralararo elektron o`zaro hamkorlikni tashkil etishda, yagona elektron reestrlar va ma`lumotlar bazalarini, “Yagona darcha” tamoyili bo`yicha elektron davlat xizmatlari ko`rsatish tizimlarini shakllantirishda yagona texnologik yondashuvni amalga oshirish;
- elektron hukumat sohasida, shu jumladan, elektron davlat xizmatlarini ko`rsatish doirasida idoralararo elektron o`zaro hamkorlikni ta`minlash, statistika organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
- statistika organlari boshqaruviga va tizimiga innovatsiyalarni joriy qilishga, raqamli iqtisodiyot o`sishini rag`batlantirishni, shu jumladan, kompleks avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy qilish, elektron tijoratning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish;
- davlat organlarining faoliyati va aholi hamda tadbirkorlik sub`ektlarining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida davlat boshqaruvidagi ishtiroki to`g`risidagi axborotdan foydalana olishini ta`minlashni hisobga olgan holda, statistika organlari faoliyatining shaffofligini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
- Davlat statistika qo`mitasining rasmiy veb-sayti va boshqa vebresurslarini rivojlantirish hamda ommaviylashtirish uchun qulay sharoitlarni yaratish, butunjahon Internet axborot tarmog`ida yaratiladigan mahalliy statistika axborotlarini yanada ilgari surish va ommaviylashtirishni ta`minlash;
- tizimda foydalaniladigan aloqa tarmoqlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va zamonaviylashtirish uchun uskunalar hamda xizmatlar yetkazib beruvchilarni tanlash bo`yicha tender hamda tanlovlarni tashkillashtirish va bu ishlarga rahbarlik qilish;
- mutasaddilik qilinadigan bo`linmalarga bevosita rahbarlik qilish.
O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Axborot xizmati rahbari – Raisning matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi
Tarjimai hol
1990-yilda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug`ilgan. Oliy ma`lumotga ega. Mutaxassisligi bo‘yicha jurnalist. 2009-yilda O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakulteti bakalavr bosqichini, 2015-yilda shu fakultetning magistratura bosqichini tugatgan. Talabalik davrida, Respublikaning yetakchi ommaviy axborot vositalarida amaliyot o‘tagan. 2014- yilda Sport telekanalida boshlovchi va muallifligi ostida “Muxlis minbari” tok-shousi efirga uzatilgan. 2016-2017- yillarda “Milliy tiklanish” ijtimoiy-siyosiy gazetasida muxbir sifatida faoliyat yuritgan. 2017-2018- yillarda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Axborot xizmatida ishlagan. 2018- yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasida Axborot xizmati xodimi sifatida ish boshlagan. Shu yilning avgust oyida Axborot xizmati rahbari – Raisning matbuot kotibi lavozimiga tayinlangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 27- iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta'minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4366-sonli qaroriga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tavsiyasiga ko‘ra, 2019- yil iyul oyidan boshlab, Davlat statistika qo‘mitasi Axborot xizmati rahbari – Raisning matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Oilali, bir qiz va bir o‘g’li bor.
Funktsional vazifalari
Raisning ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi
Tarjimai hol
1982- yil 27- oktyabrda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. 1989- yildan 1997- yilgacha Kitob tumanidagi 26- maktabda 9- sinfni, 1997-1999- yillar 4- maktabda 11- sinfni tamomlagan. 2001-2005- yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil olgan. 2005-2008- yillarda Kitob tumanidagi 26- o‘rta maktabning ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. 2008-2012- yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Oliy jurnalistika kurslari magistraturasida tahsil olgan. Tahsil davomida televideniya, radio va matbuotda amaliyot o‘tagan. 2012-2016- yillarda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining Tahririy nashriyot va Poligrafiya bo‘limida muharrir lavozimida ishlagan. 2020- yil 17- fevraldan Davlat statistika qo‘mitasida Raisning ma'naviyma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlamoqda. Oilali, ikki nafar farzandi bor.