O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Rаisining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi masalalari bo`yicha o`rinbosari
Tarjimai hol
1985– yil 28– mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Telekommunikatsiya texnologiyalari mutaxassisi, iqtisodchi. 2007– yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini, 2010– yil Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universitetini, 2018– yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. - 2007- yildan 2008- yilgacha Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi aloqa va axborot kommunikatsiya texnologiyalari, tizimlari va xizmatlari ilmiy tadqiqot bo‘limi muhandisi, 2-toifali muhandis; - 2008- yildan 2010- yilgacha Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universitetini tamomlagan; - 2010- yildan 2011- yilgacha «O‘zbektelekom» AK simli tarmoqlarni rivojlantirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi; - 2011- yildan 2012- yilgacha «O‘zbektelekom» AK biznes va investitsiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish departamenti yetakchi mutaxassisi, «O‘zbektelekom» AK telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va investitsiyalar departamenti direktor o‘rinbosari; -2012- yildan 2015- yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi telekommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlari bo‘limi boshlig‘i; - 2015- yildan 2016- yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi telekommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlari bo‘limi boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi telekommunikatsiya boshqarmasi boshlig‘i; - 2016- yildan 2018- yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi iqtisodiyot menejmenti yo‘nalishi tinglovchisi; - 2017- yildan 2019- yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidagi Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini ta'minlash masalalari ATD Telekommunikatsiya infratuzilmasi, pochta xizmatlari va arxiv ishini rivojlantirish masalalari sho‘basi mudiri; - 2019- yilning may oyigacha IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta'minlash masalalari kotibiyati mudiri o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan. 2019- yilning may oyidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Oilali, uch nafar farzandi bor.
Funksional vazifalari
- Davlat statistika tizimida axborot resurslarini yaratish va axborotlashtirish sohasida davlat siyosatining amalga oshirilishini ta`minlash;
- mehnat unumdorligini oshirish, statistika axborotlarini tezkor uzatish va qayta ishlash, davlat statistikasi yagona axborot tizimini respublikaning boshqa axborot tizimlari bilan mutanosibligi va o`zaro hamkorligini ta`minlashga yo`naltirilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida Davlat statistika qo`mitasining yagona texnologik siyosatining amalga oshirilishini ta`minlash;
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish uchun me`yoriy-huquqiy va tashkiliy mexanizmlarni yaratish bo`yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
- Davlat statistika qo`mitasining hisoblash tizimida yaxlit va xavfsiz axborot muhitini ta`minlash ishlarini tashkil etish;
- axborotlashtirish sohasida davlat dasturlari va loyihalarining ekspertizasini o`tkazish va amalga oshirish, tarmoqlararo axborot almashish standartlari va mexanizmlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
- davlat statistika tizimida yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yo`nalishlari va kompleks chora-tadbirlarini belgilash;
- korxona va tashkilotlarning yagona davlat registrini samarali faoliyat yuritishi, uni rivojlantirish va milliy axborot tizimiga integratsiyalash bo`yicha ishlarini tashkil etish;
- statistika organlarining axborot tizimlari va resurslarini ishlab chiqish hamda joriy qilishda, idoralararo elektron o`zaro hamkorlikni tashkil etishda, yagona elektron reestrlar va ma`lumotlar bazalarini, “Yagona darcha” tamoyili bo`yicha elektron davlat xizmatlari ko`rsatish tizimlarini shakllantirishda yagona texnologik yondashuvni amalga oshirish;
- elektron hukumat sohasida, shu jumladan, elektron davlat xizmatlarini ko`rsatish doirasida idoralararo elektron o`zaro hamkorlikni ta`minlash, statistika organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
- statistika organlari boshqaruviga va tizimiga innovatsiyalarni joriy qilishga, raqamli iqtisodiyot o`sishini rag`batlantirishni, shu jumladan, kompleks avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy qilish, elektron tijoratning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish;
- davlat organlarining faoliyati va aholi hamda tadbirkorlik sub`ektlarining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida davlat boshqaruvidagi ishtiroki to`g`risidagi axborotdan foydalana olishini ta`minlashni hisobga olgan holda, statistika organlari faoliyatining shaffofligini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
- Davlat statistika qo`mitasining rasmiy veb-sayti va boshqa vebresurslarini rivojlantirish hamda ommaviylashtirish uchun qulay sharoitlarni yaratish, butunjahon Internet axborot tarmog`ida yaratiladigan mahalliy statistika axborotlarini yanada ilgari surish va ommaviylashtirishni ta`minlash;
- tizimda foydalaniladigan aloqa tarmoqlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va zamonaviylashtirish uchun uskunalar hamda xizmatlar yetkazib beruvchilarni tanlash bo`yicha tender hamda tanlovlarni tashkillashtirish va bu ishlarga rahbarlik qilish;
- mutasaddilik qilinadigan bo`linmalarga bevosita rahbarlik qilish.