Raisning ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi
Tarjimai hol
1982- yil 27- oktyabrda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. 1989- yildan 1997- yilgacha Kitob tumanidagi 26- maktabda 9- sinfni, 1997-1999- yillar 4- maktabda 11- sinfni tamomlagan. 2001-2005- yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil olgan. 2005-2008- yillarda Kitob tumanidagi 26- o‘rta maktabning ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. 2008-2012- yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Oliy jurnalistika kurslari magistraturasida tahsil olgan. Tahsil davomida televideniya, radio va matbuotda amaliyot o‘tagan. 2012-2016- yillarda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining Tahririy nashriyot va Poligrafiya bo‘limida muharrir lavozimida ishlagan. 2020- yil 17- fevraldan Davlat statistika qo‘mitasida Raisning ma'naviyma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlamoqda. Oilali, ikki nafar farzandi bor.