So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan tumanining ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 298,1 mlrd so‘mni takil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 0,3 % ga ko‘paygan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

 2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyati bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 34 trln 356,8  mlrd so‘mga yetib, o'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 112,3 % ni tashkil etidi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Uchqo‘rg‘on tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 4 318 tonna uzum yetishtirilgan.

Chortoq tumani 1950- yil 15- aprelda tashkil topgan bo‘lib, umumiy yer maydoni 0,38 ming kv.km tashkil etadi. 2024- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, doimiy aholisi soni 218 ming kishiga yetib, 2024- yilning 1- yanvar holatiga nisbatan 3,1 ming kishiga ko‘paydi.

Joriy yilning 20-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Investitsiyalar va qurilish statistikasi boʻlimi xodimlari uchun investitsiyalar va qurilish statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Pop tumanida 48,2 ming tonna sabzavotlar yetishtirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 4,4 ming tonnaga ko‘paygan.

2024- yilning 1- noyabr holatiga Yangiqo‘rg‘on tumanida jami 1478 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida To‘raqo‘rg‘on tumanida asosiy kapitalga 2 trln 740,9 mlrd so‘mlik investitsiyalar kiritilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 174,2 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida Chust tumani eksportyorlari tomonidan xorijiy davlatlarga qiymati 32,2 mln AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi.

2024-yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 532,5 mlrd so‘mgni tashkil etdi. 

2024- yilning yanvar-oktabr oylari yakuni bilan Namangan viloyatning tashqi savdo aylanmasi 1 068,9 mln AQSh dollarini tashkil etib, o‘sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 95,4 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyati bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 18,7 trln so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 110 % ga yetdi.