So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyati bo‘yicha 465,7 mlrd so‘mlik kimyo mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Joriy yilning 12- dekabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari B. Xoliqov, Kosonsoy tumani statistikasi bo‘limi narx registratori S. Xaydaraliyev ishtirokida Kosonsoy tumanida kuzatuv dislokatsiyasiga tushgan aholiga xizmat ko‘rsatish shahobchalarida navbatdagi narx kuzatuvi o‘tkazildi.

2024- yilning 1- noyabr holatiga ko‘ra viloyatimizda jami 17 894 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) faoliyat yuritmoqda. 

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Pop tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 1 trln 194,4 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 111,7 % ga yetgan.

2024- yilning 1- noyabr holatiga ko‘ra, Yangiqo‘rg‘on tumanida jami 78 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular tomonidan joriy yilning yanvar- oktabr oylarida qiymati 317,5 mlrd so‘mlik qurilish va bunyodkorlik ishlari bajarilgan.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Uchqo‘rg‘on tumanining ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 177,7 mlrd so‘mni takil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 22,8 % ga kamaygan.

To‘raqo‘rg‘on tumani 1936- yil 17- fevralda tashkil topgan bo‘lib, umumiy yer maydoni 0,27 ming kv.km tashkil etadi. 2024- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, doimiy aholisi soni 249,3 ming kishiga yetib, 2024- yilning 1- yanvar holatiga nisbatan 4,1 ming kishiga ko‘paydi.

Viloyatimizda 2024- yilning yanvar-oktabr oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 3 422 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Norin tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 1 711 tonna uzum yetishtirilgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan tumanida 103,2 ming tonna sabzavotlar yetishtirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 4 ming tonnaga ko‘paygan.

2024- yilning 1- noyabr holatiga Chust tumanida jami 2 316 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.