So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 29- iyul kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.

12-Korxona shakli (oylik) tashkilotlarning faoliyati toʼgʼrisidagi Davlat Statistika hisobotini E-Stat 4.0 axborot tizimi orqali har oyning 5-sanasidan kechiktirmay elektron koʼrinishda taqdim etish belgilangan.

 Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida asosiy kapitalga 6 trln. 281.5 mlrd. so‘mlik investitsiyalar yo‘naltirildi, shundan 11,0 % markazlashgan, 89,0 % markazlashmagan investitsiyalar tashkil etadi.

Namangan viloyati bo‘yicha 2022– yilning yanvar-iyun yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lar umumiy hajmining 92,0 % i– dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar, 7,8 % i– o‘rmon xo‘jaligi, 0,2 % i – baliq xo‘jaligi hissasiga to‘g‘ri keladi.

2022- yilning yanvar-iyun oylari davomida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan jami 4 398,5 ming yoʻlovchi tashilgan boʻlib, 2021- yilning shu davriga nisbatan yoʻlovchi tashish hajmi 12,0 % ga oshganligi qayd etildi.

2021/2022 o‘quv yili boshiga respublikamizda 25 ta xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritgan.

Joriy yilning 29- iyul kuni Davlat statistika qo‘mitasida 2022- yil II chorak yakunlari bo‘yicha qo‘mitaning kengaytirilgan Hay`at yig`ilishi o‘tkazildi. Unda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati, Kаdrlаr malakasini oshirish vа stаtistik tаdqiqotlаr instituti  rahbariyati, qo‘mitaning tarmoq va hududiy statistika boshqarmalari boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika boshqarmalari xodimlari qatnashdi.

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 21- fevraldagi “2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 83-son  qarori qabul qilindi.

2022- yilning iyun oyida ketma-ket ikkinchi oy davomida sarimsoq (17,3 % ga) arzonlashdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston 27 ta xorijiy davlatdan qiymati 41,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 184,7 ming dona konditsionerlarni import qilgan.