Viloyat statistika boshqarmasi boshlig'i birinchi o`rinbosarining tarjimai holi

 

   1981-yil 22 dekabrda Namangan viloyati Uychi tumanida tug’ilgan. Millati o‘zbek. Mutaxassisligi bo‘yicha Namangan muhandislik-pedagogika institutini “Kasb ta'limi muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. 

    2006-2013 yillarda Namangan viloyati statistika boshqarmasi Statistika faoliyatini tashkil etish va yig'ma ishlar bo'limi 1-toifali mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, bo'lim boshlig'ining o'rinbosari va bo'limi boshlig'i lavozimlarida ishlagan.

     2013-2016 yillarda Namangan viloyati Namangan shahar statistika bo'limi boshlig'i lavozimida ishlagan. 

  2016-yil 4 apreldan 2016-yil 1- dekabrgacha Namangan viloyati hokimligining hududlarni kompleks rivojlantirish yig'ma boshqarmasining Transport, muhandislik kommunikatsiya va kommunal sohani rivojlantirish bo'limi boshlig'i lavozimida ishlagan. 

     2016-yil dekabr oyida Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig'ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.