So'nggi yangiliklar

Namangan viloyatida 2022- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 92,9 % ini tashkil etdi.

Мoliyaviy xizmatlar hajmi - moliyaviy vositachilik hisobidan olingan foizli daromadlar hajmi (xizmatlar uchun belgilangan to‘lovlar miqdorida), shuningdek, moliya muassasasi tomonidan ssuda berish yoki depozitni saqlash bo‘yicha xizmatlari uchun to‘lanadigan haq hisobiga ko‘ra olinadi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida, Namangan viloyatida moliyaviy xizmatlar hajmi 553,6 mlrd. so‘mni - tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan moliyaviy xizmatlar hajmining 138,9 mlrd. so‘mga ko‘payishi kuzatildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, aholini  ro‘yxatga olish tadbiri 2023-yilda  Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

2022- yilning 1- may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 352 131 ta mas’uliyati cheklangan jamiyat ro‘yxatdan o‘tgan.

Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha maslahat kengashlarini tuzish belgilangan.

2022- yil- yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga 2765,7 mlrd. so‘mlik investitsiyalar yo‘naltirildi, shundan Markazlashmagan investitsiyalar 95,1 % jalb qilingan mablag‘lar, 4,9 % korxonalar va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan ta’minlandi.

2022- yil 1- yanvar holatiga Oʻzbekistondagi muzeylar soni 127 tani tashkil etib, ularga 2021-yil davomida 5100,0 ming kishi tashrif buyurgan.

Namangan viloyatida, 2022- yil yanvar-mart oylarida kichik biznes subyektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 50,3 million AQSh dollarini yoki umumiy eksport hajmining 39,5 % ini tashkil etdi.

Namangan viloyatida 2021/2022 o‘quv yili boshida akademik litseylarda jami 1,8 ming nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Asosan Namangan shahrida o‘quvchilar tahsil olmoqda.

Namangan viloyatida 2021/2022 o‘quv yili boshiga Akademik litseylar soni 3 tani tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich 2018- yilga nisbatan 6 taga kamaygan.

Joriy yilning 22- maydan 5- iyunga qadar Namangan viloyatining Zahiriddin Muhammad Bobur nomli madaniyat va istirohat bogʼida 61- xalqaro gullar festivali bo'lib o'tadi. Gullarga burkangan bog'ning tungi koʼrinishidan bahra oling!

2022- yilning yanvar-mart oylarida  Oʻzbekistonga 14 ta davlatdan qiymati 11,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 12,4 ming tonna parranda goʻshti import qilingan.

Oʼzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʼmitasi aholini roʼyxatga olish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 6099-son farmoni ijrosinoi ta'minlash maqsadida joriy yilning 16- may kuni viloyat statistika boshqarmasining tarmoq boʼlimlari oʼrtasida mini fudbol musobaqalariga start berildi.