So'nggi yangiliklar

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston xorijga qiymati 6 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 4,6 ming tonna yeryongʻoq eksport qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga asosan, 2024-yilning yanvar-iyun holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi aholisining umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 60,6 % va transfertlardan olingan daromadlar 27,8 % ni tashkil etgan.

Joriy yilning 14- avgust kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Korrupsiya-halokatga yo‘l” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 9,8 trln soʻmni tashkil etgan.

Namangan viloyatining tumanlarda tanlab olingan mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida kuzatuvlar oʻtkazilmoqda.

2024- yil 12-avgustdan 19-avgust kunlarida quyidagi statistika hisobot turlari taqdim etish muddatlari yaqinlashayotganligini eslatamiz:

Joriy yilning 9- avgust kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Joriy yilning 6- avgust kuni Namangan viloyati Statistika boshqarmasida "STATA MP 18.0 dasturining imkoniyatlari va funksiyalarini o‘rganish" mavzusida amaliy o‘quv seminari tashkil etildi. Unda Statistika boshqarmasi rahbariyati va xodimlari ishtirok etdi.

2024-yilning 1-iyul holatiga ko'ra, Yangi Namangan tumanida jami 122 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-iyun oylarida qiymati 346,6 mlrd. so‘mlik qurilish va bunyodkorlik ishlari bajarilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Uchqo‘rg‘on tumani xorijiy davlatlardan qiymati 3,5 mln. AQSH. dollari miqdorida tovarlar importini amalga oshirgan bo‘lib, o'sish sur'ati 2023-yil mos davriga nisbatan 93,5 %ni tashkil etgan.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2024-yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 4 kishi yashaydigan uy xo‘jaliklari 17,7 % ni tashkil etmoqda. 

2024- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, Uychi tumanining doimiy aholisi soni 234,6 ming kishini tashkil etib, 2023- yilning 1- iyul holatiga nisbatan 5,2 ming kishiga ko‘paydi.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Chortoq tumanida 12 703 tonna sabzavotlar yetishtirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 4,6 foizga ko‘paygan. 

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Chust tumanining ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 136,3 mlrd so‘mga yetib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 2,3 foizga kamaygan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Yangiqo‘rg‘on tumanining tashqi savdo aylanmasi 17,5 mln AQSH dollarini tashkil etib, o'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 103,9 %ga yetgan.