So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-may oylarida, Namangan viloyatida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar hajmi 199,5 mlrd. so‘mgni tashkil etdi. O‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 108,5 %ga yetdi. 

2024- yilning yanvar-may oylarida Namangan viloyatida 457,4 mlrd so‘mlik aloqa va axborotlashtrish xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish surati 2023- yilning mos davriga nisbatan 115,5 foizga yetgan.

Joriy yilning yanvar-may oylarida Namangan viloyati xorijiy davlatlarga qiymati 10,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan jami 23 ming 155,9 tonna meva va sabzavotlar eksportini amalga oshirgan.

2024- yil 1- iyun holatiga ko‘ra, qishloq o‘rmon va baliqchilik sohasida 1 744 ta korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Respublikamizda 2024-yil 1-iyun holatiga koʻra, chet el investitsiyasi ishtirokida 20 558 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan  boʻlib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 1,2 barobarga oshgan.

2024-yilning yanvar-may oylarida jami 2 837,4 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2024- yilning yanvar-may oylarida Namangan viloyatning xizmatlar sohasi hajmi 7,9 trln so‘mni tashkil etdi. Uning nominal hajmi 2023- yilning yanvar oyiga nisbatan 1,4 trln so‘mga ko‘paygan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Joriy yilning 28- iyun kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Joriy yilning yanvar-may oylarida Namangan viloyati 4 ta davlatga qiymati 207,8 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan jami 196 887 juft oyoq kiyimlari eksportini amalga oshirgan. 

2024- yilning yanvar-may oylarida Namangan viloyatida yangi tashkil etilgan korxonalar soni 1944 tani tashkil etib, eng ko‘p yangi korxonalar savdo sohasida 714 tani tashkil etilgan.

Joriy yilning yanvar-may oylarida viloyatning sanoat ishlab chiqarish hajmi 9,7 trln so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 2,2 trln so‘mga ko‘paygan.

2024- yilning 1- iyun holatiga Namangan viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 26 666 tani tashkil etib, hududlar kesimida eng ko‘p korxonalar Namangan shahrida 8224  tani tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-may oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 51 791,3 mlrd soʻmni tashkil etib, jami xizmatlar hajmida moliyaviy xizmatlarning ulushi, boshqa xizmat turlariga nisbatan eng yuqori koʻrsatkichlardan biri boʻlib, yaʼni, 24,2 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-may oylarida Namangan viloyatida memorchilik va muhandislik sohasidagi xizmatlar hajmi 81,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 110,2 % ga o‘sdi.