So'nggi yangiliklar

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan 2024-yilning yanvar-may oylarida, Oʻzbekiston Respublikasida oʻrtacha 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan yengil avtomobillar soni 57 tani tashkil etdi.

2024- yilning yilning yanvar-aprel oylarida Namangan viloyatida 103,6 mlrd so‘mlik ijara xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib,  o‘sish surati 2023- yilning mos davriga nisbatan 107,9 foizga yetgan. 

2024- yilning yanvar-martida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p kichik korxona va mikrofirma savdo sohasida 398 ta, sanoatda 216 ta hamda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 101 ta yangidan tashkil etilgan. 

2024- yilning 1- iyun holatiga viloyatimizda jami 1 476 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bundan tashqari 2024- yilning yanvar-may oylarida 77 ta yangi qurilish korxonalari tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 1 158,8 tonna yotoqxona uchun choyshablar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 3,5 barobarga oshgan.

2024- yil yanvar-aprel natijalariga koʻra MDH mamlakatlaridan import ulushi 23,5 % ni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 15,7 % ga kamaydi.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida Namangan viloyati xorijiy davlatlarga qiymati 253,9 mln AQSH dollari miqdorida oyoq kiyimlari eksportini amalga oshirgan bo'lib, o'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 149,4 %ni tashkil etgan.

Joriy yilning 14- iyun kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-aprel oylarida Namangan viloyatning Ukraina bilan tashqi savdo aylanmasi 3,5 mln.AQSh dollarini tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 1,5 mln.AQSh dollariga ko‘paygan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar 9203,3 mlrd. so‘mni tashkil qilib, o'sish sur'ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 273,9 %ni tashkil etdi.

Joriy yilning 14- iyun kuni Namangan viloyati Statistika boshqarmasida "Statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturi" (StatDastur) bo‘yicha amaliy o‘quv seminari tashkil etildi. Unda Statistika boshqarmasi rahbariyati, xodimlari hamda shahar, tuman statisitika bo'limi mutaxassislari masofaviy tarzda ishtirok etdi.

2023- yilda Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan Oliy ta’lim tashkilotlarini 9,3 ming nafar talabalar tamomlagan. Shundan, 8,0 ming nafarini bakalavriat, 1,3 ming nafarini magistratura bitiruvchilari tashkil etgan. 

2024-yilning yanvar-aprel oylarida jami 32,5 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-may oylarida 80,8 mingta nikoh holatlari qayd etilgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.