So'nggi yangiliklar

2024- yilning 1- avgust holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy korxonala soni 3 453 tani tashkil qildi.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Namangan viloyatida qiymati 708,6 mlrd. so‘mlik ichimliklar ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 316,1 mlrd. so‘mga ko‘paygan.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida Namangan viloyati 4 ta davlatga qiymati 159,7 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan jami 138,7 tonna qalampir eksportini amalga oshirgan.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 725,7 ming tonna tabiiy gaz kondensati ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida Namangan viloyati 8 ta xorijiy davlatdan qiymati 4,4 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan jami 320 dona yuk avtomobillari importini amalga oshirgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Joriy yilning 27- avgust kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari R. Jiyanov hamda Namangan shahar statisitka bo‘limi xodimlari tomonidan Namangan shahrida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkor va oʻzini-oʻzi band qilgan jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi.

2024- yilning 1- avgust holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 26 576 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 3 453 tani tashkil qildi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatdan qiymati 28,5 mln AQSH dollariga 11,6 ming tonna shokolad va shokolad mahsulotlarini import qilgan.

2024- yilning 1- avgust holatiga Pop tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 214 tani tashkil etib, ular tomonidan jory yilning yanvar-iyul oylarida 383,2 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqrilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Namangan viloyatida amalga oshirilgan qurilish va bunyodkorlik ishlari hajmi 4,2 trln so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davri bilan taqqoslaganda 107,2 % ga yetgan.

2024- yilning 1- avgust holatiga Namangan viloyatida 4551 ta sanoat korxonalari faloiyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-iyul oylarida 14 trln. 872,6 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2024- yil 1- yanvar holatiga kichik tadbirkorlik (biznes) subyekti sifatida faoliyat yuritayotgan shifoxona muassasalarida davolangan bemorlar soni soni 1 049,2 ming kishini  tashkil etgan.  

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatining yalpi hududiy mahsulot hajmi 23,4 trln so‘mni tashkil etib, shundan 68,0 %i kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. 

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Namangan viloyatida 3 trln 567,4 mlrd so‘mlik savdo xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish surati 2023- yilning mos davriga nisbatan 111,8 foizga yetgan.