So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-fevral oylarida viloyatimizda yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 692 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

2024- yilning yanvar-fevral oylarida viloyatimizga 55 ta davlatdan qiymati 121,5 mln. AQSH dollarik tovarlar import qilingan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,9 mln. AQSH dollariga ko‘paydi. 

2023- yil yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 26,1 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 323 tonna apelsin sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 7,3 barobarga oshgan.

2023-yilda respublikamizda 2,8 mln tonna goʻsht (tirik vaznda) yetishtirilgan boʻlib, goʻsht yetishtirish hajmi 2022-yil bilan solishtirilganda 3,9 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-fevral oylari davomida Namangan viloyatida yirik korxonalar tomonidan 2,8 ming tonna tozalangan o‘simlik yog‘i ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 1,8 ming tonnaga ko‘paygan.

2024-yilning yanvar-fevral oyida Oʻzbekiston Respublikasida yirik korxona va tashkilotlar tomonidan 3 265,7 mlrd. soʻm qurilish ishlari bajarilib, 2023-yilning yanvar-fevral oyiga nisbatan 190,0 % ni tashkil etdi.

2024-  yilning 1- mart holatiga ko‘ra, viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 987 tani tashkil etib, so‘nggi besh yilda 430 taga ko‘paygan. 

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Namangan viloyatning eksportyorlari tomonidan 42 ta davlatga 89,3 mln.AQSH.dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi.

2024- yil 1- mart holatiga Namangan viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonari soni 4 778 tani tashkil etib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-fevral oylarida 3,1 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. 

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida 352,1 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilib, uning tarkibida qurilish-montaj ishlariga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 160,4 trln. soʻmni 

2024-yilning yanvar oyida respublikamizda avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va motosikllarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar hajmi 409,8 mlrd. soʻmga yetdi.

2023- yil yakunlariga ko‘ra, respublikamizda san‘at, ko‘ngil ochish va dam olish sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 3 821 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 321,8 tonna yotoqxona uchun choyshablar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 3,5 barobarga oshgan.

2024- yilning yanvar-fevral oylarida Namangan viloyatida 853,3 mlrd. so‘mlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 117,5 % ni tashkil etgan.