So'nggi yangiliklar

2024-yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatiga Respublika kafolati ostida bo‘lgan chet el kreditlari hisobidan kiritilgan investitsiyalar hajmi 548 mlrd so‘mni tashkil etib, 

Joriy yilning yanvar-sentabr oylari davomida Namangan viloyatida yirik korxonalar tomonidan 24,4 ming tonna un mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,9 ming tonnaga kamaygan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyati bo‘yicha savdo, yashash va ovqatlanish sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 8 967,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek, Statistika agentligi tizimida xodimlar tomonidan mustaqil taʼlim olish orqali oʻz kasbiy kompetensiyasi va savodxonligini uzluksiz oshirib borishini tizimli yoʻlga qoʻyish maqsadida “Statistika taʼlim platformasi” (talim.stat.uz) korporativ axborot tizimi ishga tushirildi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024- yilning yanvar- sentabr oylarida, shahar va tumanlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Yangiqo‘rg‘on tumani 3 799,7 mlrd so‘m va Chust tumani 2233,4 mlrd so‘m qayd etildi.

2024- yilning 1- oktabr holatiga Namangan viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 4 592 ta bo‘lib, viloyatmizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 17,2 foiz ulushini tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida jami 5,7 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

2024- yilning 1-oktabr holatiga doimiy aholi soni 3 mln 115,3 ming kishini tashkil etib, 2024- yil boshidan 49,2 ming kishiga ko‘paydi.

So‘nggi 5 yillikda (2020-2024 yillar) chakana savdo tovar aylanmasining yuqori o‘sish sur’ati 2024- yilda kuzatildi. Bunda chakana savdo tovar aylanmasi 2023- yilning mos davriga nisbatan 109,5 % ni tashkil qildi.

 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatning Rossiya bilan tashqi savdo aylanmasi 329 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 14 mln. AQSh dollariga ko‘paygan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatining yalpi hududiy mahsulot hajmi 47,5 trln so‘mni tashkil etib, shundan 74,3 % i kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Bugun, 29- oktabr kuni Statistika agentligida 2024- yilning III choragi yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Statistika agentligi rahbariyati, markaziy apparat boshqarma boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari hamda hududiy statistika boshqarmalari xodimlari masofaviy videoaloqa orqali ishtirok etishdi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida 2,4 trln so‘mlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 101,7 % ni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 584,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.