So'nggi yangiliklar

2024-yilning yanvar oyida, Namangan viloyatida jami 293,8 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2023- yilning yanvar oyiga nisbatan 115,1 % ni tashkil etdi.

2023-yil yakunlariga koʻra, respublikamizda savdo tarmogʻining yalpi qoʻshilgan qiymati tarkibida eng katta ulush chakana savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari)ga toʻgʻri keldi va 63,5 % ni tashkil etdi.

Respublikamizda 2024-yilning 1-fevral holatiga koʻra, 305 976 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat koʻrsatmoqda.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024-yilning yanvar oyida, respublikamizda kompyuter va periferik uskunalarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar hajmi 81 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyatida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 74,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, 

2024- yilning yanvar oyida Namangan viloyatida yirik korxonalar tomonidan 1,4 ming tonna tozalangan oʼsimlik yogʼi ishlab chiqarilgan. 

Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda statistika sohasini yangi bosqichga koʻtarish va tubdan isloh qilish, tizimga ilgʻor texnologiyalarni keng joriy qilish orqali rasmiy statistikaning sifati va unga boʻlgan ishonchni yanada oshirish borasida keng koʻlamli chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

2023- yilning yanvar-dekabr oylari yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyati bo‘yicha tashish va saqlash, axborot va aloqa bo‘yicha xizmatlari sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 2 553,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi 

2024- yilning 1- fevral holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 27 632 tani tashkil etib, shundan, 84,3 foizini yoki 23 286 tasini tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.

2023- yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 6 845,1 mlrd. so‘mni yoki qurilish ishlari umumiy hajmining 91,7 % ini tashkil etdi.

Aziz va muhtaram ayollar!
Sizlarni eng chiroyli va yorqin bahor bayrami - 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!

Joriy yilning yanvar oyida Namangan viloyatida yirik korxonalar tomonidan 105,4 ming dona trikotaj kiyimlar ishlab chiqarilgan. 2023- yilning mos davri bilan solishtirilganda trikotaj kiyimlar ishlab chiqarish hajmi 54,6 ming donaga ko‘paygan.

2024- yilning yanvar oyida viloyatimiz bo'yicha ishlab chiqaradigan sanoatda 3,9 ming tonna paxtadan yigirilgan ip ishlab chiqarilgan.