So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-mart oylarida chakana savdoning ulushi umumiy savdo xizmatlari hajmining beshdan to‘rt qismini, aniqrog‘i, 78,8 % ni tashkil etdi.
19/05/2022 • So'nggi yangiliklar
Namangan viloyatida 2022- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 92,9 % ini tashkil etdi.
Мoliyaviy xizmatlar hajmi - moliyaviy vositachilik hisobidan olingan foizli daromadlar hajmi (xizmatlar uchun belgilangan to‘lovlar miqdorida), shuningdek, moliya muassasasi tomonidan ssuda berish yoki depozitni saqlash bo‘yicha xizmatlari uchun to‘lanadigan haq hisobiga ko‘ra olinadi.
19/05/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-mart oylarida, Namangan viloyatida moliyaviy xizmatlar hajmi 553,6 mlrd. so‘mni - tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan moliyaviy xizmatlar hajmining 138,9 mlrd. so‘mga ko‘payishi kuzatildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023-yilda Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
2022- yilning 1- may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 352 131 ta mas’uliyati cheklangan jamiyat ro‘yxatdan o‘tgan.
18/05/2022 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha maslahat kengashlarini tuzish belgilangan.
2022- yil- yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga 2765,7 mlrd. so‘mlik investitsiyalar yo‘naltirildi, shundan Markazlashmagan investitsiyalar 95,1 % jalb qilingan mablag‘lar, 4,9 % korxonalar va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan ta’minlandi.
18/05/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yil 1- yanvar holatiga Oʻzbekistondagi muzeylar soni 127 tani tashkil etib, ularga 2021-yil davomida 5100,0 ming kishi tashrif buyurgan.
18/05/2022 • So'nggi yangiliklar
Namangan viloyatida, 2022- yil yanvar-mart oylarida kichik biznes subyektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 50,3 million AQSh dollarini yoki umumiy eksport hajmining 39,5 % ini tashkil etdi.
18/05/2022 • So'nggi yangiliklar
Namangan viloyatida 2021/2022 o‘quv yili boshida akademik litseylarda jami 1,8 ming nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Asosan Namangan shahrida o‘quvchilar tahsil olmoqda.
Namangan viloyatida 2021/2022 o‘quv yili boshiga Akademik litseylar soni 3 tani tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich 2018- yilga nisbatan 6 taga kamaygan.
Joriy yilning 22- maydan 5- iyunga qadar Namangan viloyatining Zahiriddin Muhammad Bobur nomli madaniyat va istirohat bogʼida 61- xalqaro gullar festivali bo'lib o'tadi. Gullarga burkangan bog'ning tungi koʼrinishidan bahra oling!