So'nggi yangiliklar

2024- yilning 1- iyul holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 4 512 ta bo‘lib,  shundan 4 451 tasini kichik biznes subyektlari tashkil etgan. 

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida aholi mablag‘lari hisobidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 1,1 trln so‘mni tashkil qilib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 4,7 % ga ko‘paygan.

2024- yilning 1- iyul holatiga Davlatobod tumani doimiy aholisi soni 161,2 ming kishini tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 4,9 ming kishiga ko‘paygan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan 2 trln  so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 317,6 mlrd so‘mga ko‘paygan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida investitsiya dasturi doirasida jami 553,1 ming kvadrat metr turar joylar foydalanishga topshirilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 101,5 %ni tashkil etgan.

2024- yilning 1- iyul holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 26 347 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 3 471 tani tashkil qildi.

Respublikamiz avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni:

2024- yilning yanvar-iyun  oylarida Namangan viloyatida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 16,7 trln so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davri bilan taqqoslaganda 181,2 % ga yetgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi 23,4 trln. so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davri bilan taqqoslaganda 7,0 % ga o‘sdi. 

2024- yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan Namangan viloyati bo‘yicha 6 727 ta nikoh holatlari qayd etilgan. 

2024- yilning 1- iyul holatiga Namangan viloyatining doimiy aholisi 3 million 94,9 ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 66,7 ming nafarga ko‘paygan. 

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida qiymati 12,6 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. 2023- yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 109,8 % tashkil etgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024- yilning 1- iyul holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 26 347 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 3 471 tani tashkil qildi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida respublikamiz bo'yicha havo transportida bir kunda oʻrtacha 17,9 ming nafar yoʻlovchilar tashilgan.