So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 26- iyul kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2023- yilda Namangan viloyatida atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar hajmi 7,8 ming tonnani tashkil etib, 2019- yilga nisbatan 8,0 ming tonnaga kamaygan.

2024- yilning 1- iyul holatiga viloyatimizda jami 996 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 7 745,3 ming tonna sement ishlab chiqarilgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 13,2 ming tonna poliz mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, 2023- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 4,7 % ga ko‘paygan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Yangi Namangan tumanida 1,7 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 106,4 %ga yetgan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatning eksportyorlari tomonidan jami 51 ta davlatga 304,0 mln.AQSH.dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi.

 Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyati jami 61 ta davlatdan 349,7 mln.AQSH.dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar importini amalga oshirgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylari davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transporti orqali jami 36,1 mln tonna asosiy turdagi yuklar joʻnatilgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 10,9 trln so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 3,4 % ga ko‘paygan.

Statistika boshqarmasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024- yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi aholining umumiy daromadlari hajmi 23,0 trln so‘mni tashkil etib, 2019- yilning mos davriga nisbatan 13,0 trln so‘mga ko‘paygan.

Mahalliylashtirish dastur doirasida kiritilgan 130 ta loyiha bo‘yicha joriy yilning yanvar-iyun oylarida jami 900,6 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 103,8 mlrd. so‘mga ko‘paygan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatining tashqi savdo aylanmasi hajmi 653,7 mln. AQSH dollari tashkil etgan.

2024- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, Pop tumanining doimiy aholisi soni 237,5 ming kishini tashkil etib, 2023- yilning 1- iyul holatiga nisbatan 4,2 ming kishiga ko‘paydi.