So'nggi yangiliklar

 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 0,4 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Statistika boshqarmasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida o‘rtacha 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni 308 tani tashkil etgan.

Statistika agentligi tomonidan 2024- yilning oktabr oyi uchun hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning o‘rtacha narxlari kuzatildi. Unga ko‘ra 1 porsiya oshning o‘rtacha narxining eng yuqorisi Toshkent shahrida – 34 500 so‘mni, eng arzon palov esa Namangan viloyatida 22 200 so‘mni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatiga ko‘chib kelganlar soni 2,5 ming kishinini tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 0,6 ming kishiga ko‘paygan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Yangiqo‘rg‘on tumanida 127,2 ming tonna sabzavotlar yetishtirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 4,1 ming tonnaga ko‘paygan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Chust tumanining tashqi savdo aylanmasi 70,8 mln AQSH dollarini tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 7,5 mln AQSH dollariga ko‘paygan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmi 23 trln 804,9 mlrd so‘mni, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 103,4 % ni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida To‘raqo‘rg‘on tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 14,6 ming tonna uzum yetishtirilgan.

2024- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, Uchqo‘rg‘on tumanining doimiy aholisi soni 187,8 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 2,4 ming kishiga ko‘paydi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Kosonsoy tumanining ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 128,6 mlrd so‘mni takil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 6,2 mlrd so‘mga ko‘paygan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Chortoq tumani xorijiy davlatlardan qiymati 42,5 mln. AQSH dollari miqdorida tovarlar importini amalga oshirgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 4,7 mln AQSH dollariga ko‘paygan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Norin tumanida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 843,6 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 6,3 % ga ko‘paygan.

2024- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, Uychi tumanida jami 142 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular tomonidan joriy yilning yanvar- sentyabr oylarida qiymati 714,2 mlrd so‘mlik qurilish va bunyodkorlik ishlari bajarilgan.