So'nggi yangiliklar

2024-yilning yanvar oyi yakuniga koʻra, respublikamizda avtomobil transportida yoʻlovchi tashish xizmatlari ulushi 60,2 % ga yetdi (2023-yil yanvar oyida – 57,9 %).

2023-yil yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida qayta ishlash sanoatida 71,3 trln. soʻm xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirilgan.

Namanganda 2024- yilning 1- fevral holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 23 125 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 1 485 tani tashkil etgan.

Joriy yilning 12-mart kuni Kosonsoy tumani 44- sonli umumta'lim maktabida aholini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. 

2024-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasida yirik korxona va tashkilotlar tomonidan 1 089,4 mlrd. soʻm qurilish ishlari bajarilib, 2023-yilning yanvar oyiga nisbatan 2 marta oshdi.

2023/2024-oʻquv yili respublikamizda boshiga umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan oʻquvchilar soni 6 645,1 ming  nafarni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar oyida viloyatimizdan 45,5 mln. AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi taʼminlandi. Bu ko'rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 24,4 % ga ko‘paydi. 

2024-yilning yanvar oyida Namangan viloyati bo'yicha ishlab chiqaradigan sanoatda 69,0 ming tonna portlandsement ishlab chiqarilgan. Bu ko'rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 11,9 ming tonnaga ko‘paygan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga, 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan mobil telefonlar soni oʻrtacha 349 tani tashkil etdi.

2023/2024-oʻquv yili boshiga respublikamizda nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari soni 293 tani tashkil etgan.

2023- yilda viloyatimiz iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan q`iymat (YAQQ) hajmi umumiy YAHMning 97,9 % ini, mahsulotlarga sof soliqlar esa 2,1 % ini tashkil etdi. 

2024-yilning yanvar oyi yakuniga koʻra, respublikamizda koʻrsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni moliyaviy xizmatlar (26,3 %) tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 719,1 tonna shaftoli sharbati ishlab chiqarilgan.

2024- yilning 1- fevral holatiga ko‘ra viloyatimizda jami 18 004 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) faoliyat yuritmoqda. Ular hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

2023-yil yakunlariga koʻra, respublikamiz bo'yicha YAIM oʻsishiga qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi tarmogʻi 1,0 f.p., sanoat tarmogʻi – 1,5 f.p., qurilish tarmogʻi – 0,4 f.p. va xizmat koʻrsatish tarmogʻi 2,6 f.p. ijobiy hissa qoʻshdi.

Joriy yilning 1-fevral holatiga koʻra, respublikamizda 617 374 ta kichik tadbirkorlik subyektlari roʻyxatdan oʻtgan (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) boʻlib, oʻsish surati oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 110 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 11-mart kuni Yangiqo‘rg‘on tumani "Qayroqi" mahallar fuqorolar yig'inida uy-joylarning tanlanma kuzatuvi bo'lib o'tdi.