So'nggi yangiliklar
20/08/2024 • So'nggi yangiliklar
Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
2024- yilning yanvar-iyun oylarida Uychi tumanining ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 167,5 mlrd so‘mga yetib, o'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 88,9 foizni tashkil etgan.
2024-yilning 1-iyul holatiga Oʻzbekistonda doimiy yashovchi aholi soni 37 134,2 ming kishini tashkil etgan.
2024- yilning yanvar-iyun oylarida Yangiqo‘rg‘on tumanida 46 972 tonna sabzavotlar yetishtirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 2,5 foizga ko‘paygan.
2024-yilning yanvar-iyun oylarida Namangan tumani xorijiy davlatlardan qiymati 17,4 mln. AQSH. dollari miqdorida tovarlar importini amalga oshirgan bo‘lib, o'sish sur'ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 122,1 %ni tashkil etgan.
20/08/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yilning 1- avgust holatiga ko‘ra, viloyatimizda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami 714 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
20/08/2024 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 787,4 tonna ananas sharbati ishlab chiqarilgan.
2024- yilning yanvar-iyun oylarida Pop tumanining tashqi savdo aylanmasi 44,5 mln AQSH dollarini tashkil etib, o'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 274,5 %ga yetgan.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida To‘raqo‘rg‘on tumani eksportyorlari tomonidan xorijiy davlatlarga qiymati 30,6 mln. AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi.
2024- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan shahrida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 3 835,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 15,5 %ga ko‘paygan.
2024- yilning yanvar-iyun oylarida Mingbuloq tumanida 560,5 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 102,9 %ga yetgan.
2024- yilning yanvar-iyun oylarida Kosonsoy tumanida 487,9 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 109,2 %ni tashkil etdi.
2024- yilning yanvar-iyun oylarida Chust tumanida asosiy kapitalga 822,9 mlrd so‘mlik investitsiyalar kiritilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 86,3 % ni tashkil etdi.
Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar-iyun oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 30,5 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 34 ming tonna pomidor eksport qilgan.
19/08/2024 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyati xorijiy davlatlarga qiymati 5,9 mln. AQSH dollari qiymatidagi nooziq-ovqat (xomashyo, yoqilgʻidan tashqari) mahsulotlari eksportini amalga oshirgan bo'lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 1,6 mln. AQSH dollariga ko'paydi.
19/08/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida sanoatning asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sohasida 7 million 279,0 ming so‘mda kuzatildi.
Namangan viloyatida 2024- yil 1-iyul holatiga doimiy aholi soni 3094,9 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 28,8 ming kishiga yoki 0,9 % ga ko‘paydi.
2024- yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushni Namangan shahri 39,3 % bilan 3 835,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.